Plyaj futboli: “Kogon” O`zbekiston Kubogi sohibi

21.07.2018

Plyaj futboli: “Kogon” O`zbekiston Kubogi sohibi

Plyaj futboli: “Kogon” O`zbekiston Kubogi sohibi

 

Qapshi shahrida plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston Kubogi musobaqasi davom etayotganligi haqida xabar bergandik. Qarshining “Geolog” sport majmuasi hududidagi, futbolning bu buri bo`yicha rasmiy va xalqaro turnirlar o`tkazish talabiga javob bera oladigan  Respublikada yagona hisoblangan plyaj maydonida besh kun davom etgan turnir nihoyasiga etdi.

 

Musobaqaning hal qiluvchi final o`yinida maydon egalari – “Nasaf” futbol klubi qoshidagi futbol akademiyasi murabbiylari hamda mamlakatimizda 2007 va 2012 yillar oralig`ida aynan plyaj futboli bo`yicha o`tkazilgan mamlakat chempionati va Kubogi o`yinlarining doimiy ishtirokchisi, ikki karradan chempion va Kubok sohibi, bir marotabadan kumush medal egasi va Kubok finalchisi, bir so`z bilan aytganda plyaj futboli ustalari “ Kogon” jamoasi o`zaro kuch sinashishdi.  

Furqat Xayrullaev asos solgan, ayni paytda uning shogirdi va farzandi Fuzuliy Xayrullaev bosh murabbiylik qilayotgan, jamoaning asosiy a`zolaridan hisoblangan, Furqat akaning yana bir farzandi – Fuzuliy to`p surayotgan “Kogon” nafaqat plyajda etakchilik qildi, balki futzal bo`yicha mamlakat chempionatida Pepsi Superliga vakili “Buxoro” sharafini himoya  qilayotgan, o`smirlar va yoshlar o`rtasida Respublika miqyosida tashkil etiluvchi  turli turnirlarda goh “Kogon” nomi bilan kogonliklar, goh “Buxoro” nomi bilan butun buxoroliklar sharafini sharaf bilan himoya qilayotgan  “Kogon” jamoasi musobaqa g`olibi bo`ldi. Kogonliklar hal qiluvchi bahsda raqiblari darvozasini to`rt bor nishonga olishib, o`z darvozalaridan bitta to`p o`tkazib yuborishdi.

 

Shu ko`yi, “O`zbekiston Kubogi – 2018”da “Kogon” jamoasi Kubok sohibi, “Nasaf” esa finalchi sifatida tarixga yozildi. Musobaqada shuningdek, eng yaxshilar ham aniqlandi. Unga ko`ra,

“Eng yaxshi darvozabon” deb Asadullo Polvonov (“Nasaf”), “Eng yaxshi himoyachi” deb Jo`rabek Ahmedov (“Kogon”), “Eng yaxshi hujumchi va to`purar” deb esa Sohibjon Narzullaev (“Kogon”, 10 ta to`p) topildi va tashkilotchilar tomonidan mukofotlandi.

 

Musobaqaning barcha ishtirokchilari mazkur turnirni tashkil etishda va o`tkazishda bosh-qosh bo`lgan O`zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, Professional futbol  ligasiga, Qashqadaryo viloyat futbol assotsiatsiyasiga hamda ma`qul sharoit yaratib bergan “Sho`rtangazkimyo” majmuasiga va ularning rahbarlariga minnatdorliklarini bildirishdi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib