Plyaj futboli: O`zbekiston Kubogida  12 ta jamoa ishtirok etadi

16.07.2018

Plyaj futboli: O`zbekiston Kubogida  12 ta jamoa ishtirok etadi

 

 

 

 

 

Mamlakatimizda besh-olti yillik tanaffusdan keyin yana plyaj futboli bo`yicha rasmiy musobaqa start olayotganligi haqida xabar berganmiz. Ertaga Qarshi shahridagi mamlakatimizda Respublika doirasida musobaqa o`tkazish talabini beruvchi yagona plyaj maydonida boshlanadigan O`zbekiston Kubogi o`yinlariga bugun qur`a tashlash marosimi o`tkazildi.

 

16-21 iyul kunlariga belgilangan, Qarshidagi “Geolog” sport majmuasi hududidagi plyaj maydonida bo`lib o`tadigan musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etadigan bo`ldi. O`zbekiston Professional futbol ligasining etakchi mutaxassislari A.Fayziev va O.Yunusov, Qashqadaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti N.Daminov ishtirokida o`tgan qur`a tashlash marosimidan keyin jamoalar uchta jamoadan to`rt guruhga bo`lindi. Bular:

 

 

“A” guruhi – “Kasbi” (Kasbi tumani, “Mash`al” klubi qoshidagi futbol maktabi murabbiylari, bosh murabbiyi Otajon Aliqulov), “Lokomotiv” (Qarshidagi shu nomdagi sport klubi, Bahrom Usmonov), “Binokor” (Qashqadaryo birinchiligi ishtirokchisi, Arslon Sharopov).

 

“V” guruhi – “Qarshi” (“Binokor-2” jamoasi), “Po`lati” (Koson tumanidagi “Bunyodkor” professional sport klubi, Navro`z Bekmurodov), “Kogon” (Buxoro viloyati Kogon shahridagi professional futzal jamoasi, Fuzuliy Xayrullaev).

 

“S” guruhi – “Nishon” (Superligadagi “Nasaf” klubi qoshidagi futbol maktabi murabbiylari, Sherali Madalov), “Koson” (viloyat birinchiligi ishtirokchisi, Rustam Tog`aev), “Samarqand” (Samarqand viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar murabbiylari terma jamoasi, Dilshod Haydarqulov).

 

“D” guruhi – “Mash`al” (Pro-ligadagi “Mash`al” futbol akademiyasi murabbiylari, Dilshod Andaev), “Nasaf” (Superligadagi “Nasaf” futbol akademiyasi murabbiylari, Ilyos Pardaev), “Adolat” (Qashqadaryo viloyat xavfsizlik xizmati xodimlari).

 

 

 

Uchrashuvlar taqvimi:

 

17 iyul

 

“Kasbi” “Binokor”

 

“Qarshi” “Kogon”

 

“Nishon” “Samarqand”

 

“Mash`al” “Adolat”

 

18 iyul

 

“Lokomotiv” “Binokor”

 

“Po`lati” “Kogon”

 

“Koson” “Samarqand”

 

“Nasaf” “Adolat”

 

“Kasbi” “Lokomotiv”

 

“Qarshi” “Po`lati”

 

“Nishon” “Koson”

 

“Mash`al” “Samarqand”

 

19 iyul

 

Chorak final

 

20 iyul

 

Yarim final

 

21 iyul

 

Final.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib