Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi yozgi transferlar oynasi 18 iyun – 15 iyul sanalari oralig`ida bo`lishini ma`lum qilgan edi.
Transferlar oynasi ochilish va yopilish sanalariga hech qanday o`zgartirish kiritilmadi. Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari mazkur davr oralig`ida o`z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to`ldirib olish imkoniyatiga ega bo`lishdi. O`zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya`ni 18 iyun - 15 iyul sanalari oralig`ida bo`lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan edi.
PFL yozgi transferlar oynasi davomida futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazish jarayoni nihoyasiga etganini ma`lum qiladi. Barcha klublar belgilangan muddat davomida yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolashdi va ularni mavsumning ikkinchi qismida maydonga tusha olishlari uchun PFLda ro`yxatdan o`tkazishdi. PFL 16 iyul soat 00:00dan so`ng futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazmaydi. Endi faqatgina belgilangan muddat yakunlanmasdan ro`yxatdan o`tkazish uchun hujjatlari taqdim etilgan, biroq hujjatlarida kichik kamchiliklar bo`lgan bir necha nafar futbolchilargagina litsenziyalar berilishi mumkin.