ROZK maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun futbol bo`yicha master klasslar o`tkazildi

27.06.2018

ROZK maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun futbol bo`yicha master klasslar o`tkazildi

Yurtimizdagi maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyalanuvchilarini yozgi ta`til davomida bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otish, ommaviy sport turlariga jalb qilish, Vatanga mehr-sadoqat tuyg`ularini shakllantirish, sog`lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash O`zbekiston Professional futbol ligasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internati va Chilonzor tumani maktabgacha ta`lim bo`limi hamkorligida maqsadida “Yoshlarimiz - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Sportga ilk qadam” loyihasining navbatdagi tashrifi tashkil etildi.

Chilonzor tumanida joylashgan 204 hamda 561-maktabgacha ta`lim muassasasining jajji tarbiyalanuvchilari Respublika olimpiya zaxiralari kollejida bo`lib, bu erda ular uchun futbol sport turi bo`yicha malakali mutaxassislar tomonidan master klasslar tashkil qilindi. 

Keyin esa shu erning o`zida bolajonlar ishtirokida futbol musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqada 561-maktabgacha ta`lim muassasasining bolajonlari 2:1 hisobida g`oliblikni qo`lga kiritishdi. G`oliblarga O`zbekiston Professional futbol ligasi hamda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji tomonidan esdalik sovg`alari topshirildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib