O`FA Ijroqo`mi Vadim Abramov futbolga qaytishi uchun ruxsat berdi

25.06.2018

O`FA Ijroqo`mi Vadim Abramov futbolga qaytishi uchun ruxsat berdi

So`nggi bor Farg`onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan o`zbekistonlik mutaxassis Vadim Abramov professional faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Vadim Abramov bu borada O`zbekiston futbol assotsiatsiyasiga murojaat bilan chiqqandi. Tashkilot Ijroqo`mi uning arizasini o`rganib chiqdi hamda Vadim Abramovga murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berdi.

Mazkur mutaxassis mamlakat futboli uchun salmoqli mehnat qilgan. U erishgan natijalar hurmatga loyiq. Shu bilan birgalikda Vadim Abramov ham futbolchilar, murabbiylar va mutaxassislarni hurmat qilishi lozim.

Murabbiylar, klublar rahbarlari bitta jihatni to`g`ri tushunib olishi kerak. Bundan buyon futbol bedarvoza bo`lmaydi. Har bir ish, har bir hatti-harakatning javobi bo`lmog`i lozim. Hozirda ham buni anglab etmayotgan va o`z xolicha ish olib borayotgan kishilar oramizda bo`lishi mumkin. Kimdir futbolga gard yuqtirmoqchi bo`lsa, unga oramizda joy yo`q. O`z ishini bilib, professional tarzda ado etish istagida bo`lgan, o`z ustida ishlashdan to`xtamaydigan kadrlar uchun esa barcha eshiklar ochiq. 

O`FA Vadim Abramovning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib