Superliga hakamlari test-sinovlari topshirishmoqda

25.06.2018

Superliga hakamlari test-sinovlari topshirishmoqda

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni ta`minlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bugun Superligada ishtirok etayotgan bosh hakam va hakamlar yordamchilari Engil atletika federatsiyaga qarashli yugurish yo`lakchasida jismoniy tayyorgarlik bo`yicha test-sinovlari topshirishdi.

Test-sinovlarini O`FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig`i Ma`mur Saidqosimov va boshqarma mutaxassislari Baxtiyor Namozov hamda Bobur Haydarovlar olishdi. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida hakamlar Dukentda nazariy bilimlar bo`yicha imtihonlar topshirishadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar 30 iyunga qadar davom etadi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib