Transferlar oynasi – “Dinamo”

23.06.2018

Transferlar oynasi – “Dinamo”

18 iyun sanasidan e`tiboran O`zbekiston chempionatida rasman transferlar oynasi ochilganidan xabaringiz bor. 

Jamoalar yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishni boshlab yuborishdi.  Jumladan, Samarqandning “Dinamo” klubi “So`g`diyona”da o`ynagan Akmal Xolmurodov bilan 2019 yil yakunigacha mo`ljallangan shartnoma tuzdi.  Shuningdek, “Dinamo” “Bunyodkor” klubidan 1999 yilda tug`ilgan ikki futbolchi Suhrob Izzatov va Abbos Jumaqulovlarni ijara asosida taklif etdi. 

Bugun “Dinamo” yana bir futbolchini o`z safiga qo`shib oldi.  Mavsumni “Metallurg” tarkibida boshlagan Pavel Purishkin endi “Dinamo” sharafini himoya qiladi. Samarqand jamoasi bugun mahoratli hujumchini ro`yxatdan o`tkazdi. 

Shu o`rinda,  “Dinamo” yil boshida “Nasaf”dan ijaraga olgan Bekzod Jumaqulov yana Qarshi jamoasi safiga borib qo`shildi. 

 

“DINAMO” (Pro-Liga)

Kelganlar: 

Akmal Xolmurodov

Suhrob Izzatov (ijara)

Abbos Jumaqulov (ijara)

Pavel Purishkin

 

Ketganlar: 

Bekzod Jumaqulov 

 

* "Dinamo"ga jamoani tark etgan futbolchilar oldida hech qanday qarzdorligi yo`q bo`lgani sababdan yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berildi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib