“So`g`diyona” sobiq murabbiyi hamda futbolchisi oldidagi qarzlarini to`lab beradi

19.06.2018

“So`g`diyona” sobiq murabbiyi hamda futbolchisi oldidagi qarzlarini to`lab beradi

“So`g`diyona” futbol klubining sobiq darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo`jaev hamda klub sobiq futbolchisi Sarvar Jo`raev “So`g`diyona”ning futbolchi hamda murabbiy oldida qarzdorligi mavjud ekani va uni undirib berishda amaliy yordam ko`rsatilishini so`rab O`FAga murojaat qilgan edi. 

Futbolchilarning jamoadan jamoaga o`tishi va o`yinchilarning maqomini belgilash qo`mitasi mazkur murojaatlarni ko`rib chiqdi va vaziyat atroflicha o`rganilgach, murojaatlarni asosli deb topdi. Natijada Jizzaxning “So`g`diyona” jamoasi zimmasiga Shavkat Abduxo`jaev oldidagi 10 million so`m qarz hamda Sarvar Jo`raev oldidagi 28 million so`mlik moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etish vazifasi yuklatildi. 

Agar “So`g`diyona” futbol klubi qarzlarini o`z vaqtida to`lamasa, jamoaga yangi o`yinchilarni ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berilmaydi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib