“Mash`al” va Shoxruh Dostonov o`zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishadigan bo`ldi

19.06.2018

“Mash`al” va Shoxruh Dostonov o`zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishadigan bo`ldi

“Mash`al” jamoasi a`zosi Shoxruh Dostonov Muborak klubida etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmayotgani va shu boisdan faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish niyatida ekanini, biroq “Mash`al” uning amaldagi shartnomasi borligi sababdan futbolchiga boshqa jamoaga ketishga ruxsat bermayotgani yuzasidan PFLga shikoyat bilan murojaat qilgan edi.

Futbolchilarning jamoadan jamoaga o`tishi va o`yinchilarning maqomini belgilash qo`mitasi mazkur holat yuzasidan atroflicha surishtiruv ishlari olib bordi. Har ikki tomon vaziyatga o`z qarashlarini bayon etishdi. O`tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda “Mash`al” jamoasi vakillari, futbolchi hamda uning ota-onasi ishtirok etishdi. Yakunda har ikki tomon kelishgan holda o`rtadagi yil so`nggiga qadar mavjud bo`lgan shartnoma bekor qilinadigan va Shoxruh Dostonovning boshqa jamoaga borib qo`shilishiga “Mash`al” qarshilik qilmaydigan bo`ldi. 

Mazkur masala bo`yicha tomonlar ancha vaqtdan buyon bir to`xtamga kela olmayotgan edi. PFL yakunda vaziyatni to`liq o`rganib chiqdi va har ikki tomonning kelishuviga erishildi. Shoxruh Dostonov va uchrashuvga tashrif buyurgan uning ota-onasi ushbu kelishmovchilikning ijobiy hal bo`lganidan mamnunligini bildirishdi va O`FA hamda PFL rahbariyatiga o`z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.  

cola
apex
mib
mib
mib
mib