“Neftchi” yarim himoyachisi Javohir Rasulovning PFLga klub tomonidan unga berilishi kerak bo`lgan oylik maoshi bo`yicha murojaati o`rganib chiqildi.
Unga ko`ra, “Neftchi” futbol klubi 2017 yilgi mavsumda futbolchiga shartnomada ko`rsatilgan maoshni to`liq bermagani, hech qanday asossiz uning maoshidan 8 mln so`m ushlab qolgani aniqlandi. Gap shundaki, futbolchi 2017 yilgi mavsum davralar oralig`ida klub safida o`rtoqlik o`yinida jarohat olgandi. “Neftchi” klubi esa jarohat olgan futbolchinining maoshidan shartnomaga zid holda 8 mln so`m (futbolchi maydonga tushmagan 4 oy uchun 2 mln so`mdan) ushlab qolgan.
Shartnoma shartlarida klubning o`zboshimchalik bilan futbolchining maoshidan ushlanib qolishi holati kelishuvga zid ekanligi va hech qanday qonuniy asosga ega emasligi aniqlandi va Futbolchilarning jamoadan jamoaga o`tishi va o`yinchilarning maqomini belgilash qo`mitasi futbolchiga klub tomonidan maosh to`liq qoplanishi haqida qaror chiqardi.