Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari

05.06.2018

Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi. 

 Superliga

 “Qo`qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” klubi futbolchisi E. Boydullaev 1ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 3 million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

  

PRO-Liga

 “Mash`al” – “Sho`rtan” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Mash`al” klubi futbolchisi V. Shodiev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

  

“Sherdor” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida o`yin qoidasini qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchisi S. Ismoilov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

 

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Labsa” klubi futbolchisi J. Shodmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so`m miqdorida jarima belgilandi.

 

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida bosh hakam yordamchisi sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” jamoasi bosh direktori Sh. Jo`raev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so`m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo`lsa, Sh. Jo`raevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko`rilishi belgilab qo`yildi. 

 

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida hakamlar sha`niga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” klubi yoshlar jamoasi murabbiyi S. Toshev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so`m miqdorida jarima belgilandi.  Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo`lsa, S. Toshevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko`rilishi belgilab qo`yildi. 

 

Futzal

“Qo`qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi yakunlangach raqib jamoa darvozabonini nomaqul so`zlar bilan haqorat qilgan “Navbahor” jamoasi a`zosi I. Jo`raev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so`m miqdorida jarima belgilandi.

 

“Qo`qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvida raqib jamoa o`yinchisi I. Jo`raevning yuziga tarsaki tushirgan “Qo`qon-1912” jamoasi a`zosi A. Ziyaev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

 

Ayollar futboli 

“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi M.  Vohidova 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.   

cola
apex
mib
mib
mib
mib