Respublikamiz xududlari bo`ylab tashkil qilinayotgan Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasidagi futbol bo`yicha “O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Kubogi” musobaqasining 2-bosqich Farg`ona mintaqasi o`yinlari nihoyasiga etgani xaqida futbol muxlislariga xabar berib o`tgan edik.
Ushbu musobaqaning Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o`tkazilgan navbatdagi o`yinlarida ham mintaqa g`oliblari aniqlandi. Xususan, Samarqand shahrida o`tkazilgan o`yinlar natijasiga ko`ra 1-o`rin Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2-o`rin Qarshi Davlat universiteti talabalaridan iborat jamoalarga nasib etdi.
Urganch shahrida bo`lib o`tgan o`yinlarda 1-o`rinni Urganch Davlat universiteti, 2-o`rinni Nukus Davlat pedagogika instituti jamoalari qo`lga kiritishdi.
Toshkent xududiy bosqichida 1-o`rin Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalash muxandislari instituti, 2-o`rin O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti hamda 3- o`rin Guliston Davlat universiteti talabalariga nasib qildi.
Musobaqaning so`nggi 3-bosqichi ya`ni final o`yinlari sentyabr oyida Toshkent shahrida tashkil qilinadi. Final o`yinlarida xududiy bosqichda 1-o`rinni egallagan jamoalar ishtirok etishadi.