O`zbekistonda transfer oynasi 18 iyundan ochiladi

04.06.2018

O`zbekistonda transfer oynasi 18 iyundan ochiladi

12 iyun kuni Superligada 15-tur uchrashuvlari yakuniga etadi va Rossiyada o`tadigan Jahon chempionati munosabati bilan milliy chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga keladi. Pro-ligada esa 29 iyundan jamoalar ta`tilga yo`l olishadi.  

 O`zbekiston Professional Futbol Ligasi yozgi transferlar oynasi 18 iyun – 15 iyul sanalari oralig`ida bo`lishini ma`lum qiladi. Transferlar oynasi ochilish va yopilish sanalariga hech qanday o`zgartirish kiritilmadi. PEPSI Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari mazkur davr oralig`ida o`z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to`ldirib olish imkoniyatiga ega bo`lishadi.  

O`zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya`ni 18 iyun - 15 iyul sanalari oralig`ida bo`lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib