1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Lokomotiv" PFK vakillari poytaxtimizda joylashgan Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo`limiga tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida klub futbolchi hamda murabbiylari mazkur markazda davolanayotgan yosh bolalarga bayram sovg`alari ulashishdi hamda ularning tezroq shifo topishiga tilak bildirishdi. Mashxur futbolchi va murabbiylarning tashrifi bolajonlarni juda quvontirdi.