“Metallurg” PFK Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab turnir o`tkazdi

01.06.2018

“Metallurg” PFK Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab turnir o`tkazdi

Bugun “Metallurg” futbol maktabi tashabbusi bilan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan turnir uyushtirildi.

Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, unda 2007 – 2008 yillarda tug`ilgan bolalar jamoalari ishtirok etishdi. Qatnashchilar orasida Sirdaryo viloyatining Yangier, Guliston, Boyovut, Shirin shaharlaridan hamda Bekobod tumani va Bekobod shahri jamoalari ishtirok etishdi.

2007 yilda tug`ilgan bolalar o`rtasidagi musobaqada 12 ta, 2008 yilda tug`ilganlar bahsida esa 8 ta jamoa g`oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa avvalida jamoalar guruh o`yinlarida omadlarini sinab ko`rishdi va yarim finalchilar nomini aniqlab berishdi. Yarim final o`yinlaridan e`tiboran turnir olimpiya tizimida o`tkazildi.

2007 yilda tug`ilganlar bahsida bosh sovrin uchun “Metallurg-1” – “Metallurg-2” jamoalari o`zaro kuch sinashishdi. Unda birinchi jamoa 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Bronza medali uchun bahs “Ayaks” (Bekobod sh.) – “Dalvarzin” (Bekobod t.) jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi va unda shaharliklar 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi.

2008 yilda tug`ilgan bolalar musobaqasi ikki guruhda tashkillashtirildi. Turnir g`olibligini “Metallurg” futbol maktabining birinchi jamoasi qo`lga kiritdi. Ular finalda “Metallurg-3” jamoasini 5:2 hisobida taslim etishdi. Uchinchi o`rin uchun o`yinda “Zafar” (Bekobod t.) – “Metallurg-2” jamoalari kuch sinashib, tuman bolalari 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Turnir yakunida g`olib va sovrindorlarga “Metallurg” PFK tomonidan Kubok, medal va diplomlar hamda esdalik sovg`alari topshirildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib