1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan BO`SMlar o`rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Qiziqarli va tomoshabop o`tgan musobaqada bo`lajak charm to`p ustalari o`z maxoratlarini namoyish etib murabbiylari bildirgan ishonchni oqlay olishdi. Bayramona ruxda o`tgan turnir so`nggida eng yaxshi xujumchi, eng yaxshi yarim himoyachi, eng yaxshi himoyachi, eng yaxshi darvozabon yo`nalishlari bo`yicha futbolchilar taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida so`zga chiqqan Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti A. Musulmonov bolajonlarni bayram bilan muborakbod etib, kelajakda jaxonning eng yaxshi futbolchilari qatoridan joy olishlariga tilak bildirdi. Musobaqa g`oliblari kubok va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.