Umid Ahmadjonov “Iftixor” FK direktorini futbol faoliyati olib borishdan chetlatdi

01.06.2018

Umid Ahmadjonov “Iftixor” FK direktorini futbol faoliyati olib borishdan chetlatdi

O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ayni damda "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlarni amalga oshirgani haqidagi matbuotda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Unga ko`ra, Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qo`ziboevning ushbu hatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda.

O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda o`zbek futbolida bunday xunuk holatlar kuzatilmasligi lozimligini ta`kidlab o`tdi.

"Yurtimizda futbolni isloh qilish, uni yangi darajaga olib chiqish, o`zbek futboli dovrug`ini dunyoga yoyish yo`lida katta ishlar boshlanganidan barchaning xabari bor. Hukumat darajasida futbolimizga katta e`tibor qaratilayotgan bir paytda ko`ngilni xira qiladigan bunday holat yuz berganini aslo yoqlab bo`lmaydi. Har qanday holatda ham hech bir futbolchiga nisbatan klub rahbariyatining kuch ishlatishga haqqi yo`q. O`FA hamda PFL bundan buyon ham o`z o`yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar ko`radi", — dedi Umid Ahmadjonov.

Shaxsan O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig`iga va Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, “Iftixor” futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qo`ziboev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib