U-18: 1-turda eng yirik hisobni “Paxtakor” qayd etdi

24.05.2018

U-18: 1-turda eng yirik hisobni “Paxtakor” qayd etdi

 

 

Bu yildan yangicha ko`rinishda o`tayotgan milliy chempionatimiz va birinchiliklarimiz kabi klublar qoshidagi 18 yoshli yigitlarning alohida jamoa bo`lib, alohida musobaqada qatnashishi ham yangilik. Ilk turdagi natijalar ham hech kimni befarq qoldirmadi. Faqat “Buxoro” va “Qo`qon-1912” jamoalari o`zaro kelishuvga erishdi – durang bilan tugadi. “Lokomotiv” jamoasi safarda g`alaba qozongan yagona jamoa bo`ldi. Yosh “qaldirg`ochlar” “Qizilqum”ni o`z uyida “yuzini erga qaratib qo`ydi”.

Dastlabki turdagi eng yirik g`alaba “Paxtakor”ga tegishli bo`ldi. Yosh “sherlar” “So`g`diyona” jamoasi darvozasiga javobsiz oltita gol kiritishning uddasidan chiqishdi.

Bu turda “Neftchi” jamoasi a`zosi Dilshod Umirzoqov xet-trikka erishdi...

 

 

1-tur. 19 may

 

«BUNYoDKOR» – «AGMK» - 3:0 (0:0).

Toshkent shahri. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 37 tomoshabin.

Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro), Husan Muzaffarov (Toshkent), Avaz Abdullaev (Toshkent).

Gollar: Shoxjahon Xayrullaev (62), Otabek Jo`raqo`ziev (64), Xurshid Ubaydullaev (76).

Ogohlantirishlar: Sultonbek Nekboev (79) – Murodjon Saidg`aniev (15), Asadbek Sobirov (56).

Nazoratchi – Nabijon Ro`ziev (Toshkent).

 

«PAXTAKOR» – «SO`G`DIYoNA» - 6:0 (2:0).

Qibray shahri. “Qibray” stadioni. 28 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent), Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent).

Gollar: Abdulaziz Abdusalomov (7), Alisher Odilov (35), Rustam Azimov (63, 67), Xojimat Erkinov (85), Saidazamat Mirsaidov (88).

Ogohlantirish: Diyor Ramazonov (18), Nodir Ne`matxonov (48), Xojimat Erkinov (76) – Islom Meliboev (3).

Nazoratchi – Raxmatillo Qoratoev (Qibray).

 

«NEFTChI» – «NASAF» - 5:2 (0:0).

Farg`ona shag`ri. “Neftchi” klubi mashg`ulotlar maydoni. 211 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Shohruh Maqsudov (Toshkent), Doston Mirzaraimov (Farg`ona).

Gollar: Muhammad Umarjonov (57), Dilshod Umirzoqov (61, 74, 77), Abror Inomov (79) – Sardor To`raev (68), Alpomish Mirov (85).

Ogohlantirishlar: Aziz Muxtorov (70), Nodir NUrmatov (72) – Shoxmalik Komilov (31), Asadullo Parvonov (90+3).

Nazoratchi – Islom Rahimov (Andijon).

 

«BUXORO» – «QO`QON-1912» - 2:2 (1:2).

Buxoro shahri. “Umid” stadioni. 38 tomoshabin.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent), Sherzod A`zamov (Toshkent), Adham Rixsiboev (Toshkent).

Gollar: Artur Umurov (40), Muhammadali Mahmudov (60) – Umidjon Muhammadaliev (22, 29).

Ogohlantirishlar: Muhammadali Mahmudov (76), Asadbek Asadov (90+2) – Sherzod Muhammadjonov (5), Umidjon Muhammadaliev (11).

Nazoratchi – Shamil Jumaev (Shahrisabz).

 

«QIZILQUM» – «LOKOMOTIV» - 0:3 (0:1).

Navoiy shahri. “Yoshlik” stadioni. 56 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov (Qarshi), Mahmud Turdiev (Jizzax), Muzaffar Fayzullaev (Jizzax).

Gollar: Mirzohid Qo`chqorov (33), Javohir Alijonov (55), Hurmat Yo`ldoshev (71).

Nazoratchi – Shuhrat Egamberdiev (Qarshi).

 

«METALLURG» – «NAVBAHOR» – 5:2 (2:0).

Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni.  

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev (Namangan), Shohnur Yo`ldoshev (Guliston), Abdullaxo`ja Saidov (Toshkent viloyati).

Gollar: Mahmud Norqo`ziev (21), Jasur Rustamov (38, 63), Saidaxror Sotiboldiev (53), Ixtiyor Xolmo`minov (55) – Azimjon Abdurahimov (75,pen.), Abdulaziz Hotamov (83).

Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Rustamov (63, “Metallurg”).

Ogohlantirishlar: Jasur Rustamov (3), Jamshid Nurmatov (30), Asadbek Mamarizaev (82) – Sodiq Ortiqov (21), Sherzod G`ulomjonov (52), Aziz Zokirov (89).

Nazoratchi – Timur Abdullaev (Toshkent).

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib