O`zPFL Sport boshqarmasi mutaxassislari chempionat va birinchiliklarimizda to`p suruvchi futbolchilarning yig`ilib qolgan sariq kartochkalar tufayli navbatdagi tur o`yinlarini o`tkazib yuboruvchi futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi. Unga ko`ra:
Yoshlar ligasi
Mirjalol Jumaev va Xurshid Olimov (ikkalasi ham “Buxoro”dan) 13-turda “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda tarkibga kiritilmaydi.
Pro-liga
Olim Karimov (“Sho`rtan”) 9-turda “Mash`al”ga qarshi o`yinni o`tkazib yuboradi.
Futzal
Hakim Abdurashidov (“Navbahor”) 9-turda “Buxoro”ga qarshi o`yinda maydonga tushirilmaydi.
Timur Sadirov (“Paxtakor”) 9-turda “Bunyodkor”ga qarshi o`yinni muxlislar orasidan kuzatishga majbur.