2018 yil 17 may kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi “Mahalla” kengashi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining “Davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlarini qurilishini nazarda tutuvchi “har bir mahallada futbol maydoni” dasturini amalga oshirish mexanizmi mavzusida yig`ilish bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi kadrlar bo`limi inspektori Muhiddin Karimov Qoraqalpog`iston tumanlaridagi mahalla fuqarolari yig`ini raislari bilan suhbat o`tkazdi.
Yig`ilish davomida Prezident qarori ijrosini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so`z yuritildi. Mahalla fuqarolar yig`ini raislari yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishda “har bir mahallada futbol maydoni” dasturining ahamiyati yuqori ekanini ta`kidlab o`tildi. Shuningdek, ushbu loyiha bo`yicha mahallalarda futbol maydonlari qurilishini boshlash uchun zarur vositalar bo`yicha fikr almashildi.
Faqatgina futbol maydoni bilan cheklanib qolmay, boshqa sport turlari – basketbol, volleybol kabi sport turlari uchun ham maydonchalar, trenejerlar, ona-bola maydonchalari barpo etish kerakligi, shuningdek, maydonlarda muxlislar uchun o`rindiqlar, kiyim almashtirish xonalari va yuvinish xonalari mavjud bo`lishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligi ta`kidlab o`tildi.