O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi memorandum doirasida yurtimizdagi Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida futbol bo`yicha “O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Kubogi” musobaqalari o`tkazilayotganligidan xabaringiz bor..
Musobaqaning birinchi bosqich o`yinlari O`FAning tasdiqlangan rejasiga asosan mart-aprel oylari hududlarda o`tkazildi. Har bir hududda kamida uchtadan, ko`pi bilan sakkiztagacha jamoalar ishtirokida tashkil etilagn turnirda g`olib chiqqan jamoalar musobaqaning ikkinchi bosqichiga – mintaqaviy bahslarga yo`llanma olgandi.
Bular;
Andijon viloyatidan – Andijon davlat universiteti;
Buxoro viloyatidan – Buxoro davlat universiteti;
Jizzax viloyatidan – Jizzax davlat pedagogika instituti;
Navoiy vilotyaidan – Navoiy pedagogika instituti;
Namangan viloyatidan – Namangan davlat universiteti;
Samarqand viloyatidan – Samarqand iqtisodiyot-servis instituti;
Sirdaryo viloyatidan – Guliston davlat universiteti;
Surxondaryo viloyatidan – Termiz davlat universiteti;
Toshkent viloyatidan – O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti;
Farg`ona viloyatidan – Farg`ona davlat universiteti;
Xorazm viloyatidan – Urganch davlat universiteti;
Qashqadaryo viloyatidan – Qarshi davlat universiteti;
Qoraqalpog`itson respublikasidan Nukus pedagogoki instituti;
Toshkent shahridan – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.
Hududlar g`oliblari joriy yilning iyun oyi boshlarida to`rt mintaqaga bo`lingan holda bahslarni davom ettirishadi. Mintaqalar g`oliblari esa oktyabr oyida Toshkentda tashkillashtiriladigan final bosqichida bosh sovrin uchun kurashni davom ettirishadi.
Mintaqalar esa quyidagicha taqsimlangan:
Samarqand shahrida – Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy;
Namangan shahrida – Namangan, Andijonv va Farg`ona;
Urganch shahrida – Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog`iston.
Toshkent shahrida – Toshkent shahri, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari.