O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida sportning voleybol, ston tennisi va futbol turlari bo`yicha “Hokim Kubogi” sport musobaqalari o`tkazildi.
10-15 may kunlari tashkillashtirilgan musobaqalarning voleybol va stol tennis turlari bo`yicha g`olib va sovrindorlari nomi ma`lum bo`lgach, futbol bo`yicha saralash o`yinlaridan so`ng final uchrashuvini o`tkazish va barcha turnirlar laureatlarini taqdirlash uchun tashkilotchi va sportchilar O`zbekiston futbol assotsiatsiyasiga jam bo`lishdi. Bu erdagi sun`iy maydonda musobaqaning hal qiluvchi bosqichida kuch sinashish va yagona chempion jamoa nomini aniqlash uchun maydonga Toshkent shahar prokuraturasi hamda «Toshshaharbozorsavdo» uyushmasi jamoalari tushishdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Qo`shib berilgan vaqtlarda ham kuchlar teng keldi. Shundan so`ng g`olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad «Toshshaharbozorsavdo» uyushmasi jamoasiga kulib boqdi 2:1. Shu tariqa “Hokim Kubogi” «Toshshaharbozorsavdo» uyushmasi jamoasina nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi darajali diplomlar bilan esa Toshkent shahar prokuraturasi hamda “Suvsoz” davlat unitar korxonasining havakor futbolchilari taqdirlanishdi.
Marosim davomida sport faxriysi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo`jaev so`zga chiqib, bellashuvlar qiziqarli kechganini, sport bilan muntazam shug`ullanish lozimligini alohida qayd etib o`tdi. G`olib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omadlar tiladi.