Toshkent viloyatining Qibraydagi Markaziy o`yingohida ayollar o`rtasida mamlakat birinchi ligasining dastlabki tur o`yinlari bo`lib o`tdi. Aslida olti-ettita jamoa ishtirok etishi ko`zda tutilgan musobaqaning boshlanish arafasida Gulistonning “Sharq yulduzi” hamda Yozyovon tumanining yangi tashkil topgan shu nomdagi jamoalari Qibrayga etib kela olmadi va birinchilik to`rt jamoa ishtirokida start oldi.
Bular: “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “Dinamo” (Samarqand) va “TerDU-Surxon” (Termiz).
Jamoalar soni kam bo`lgani uchun tashkilotchilar musobaqani to`rt turdan iborat tarzda rejalashtirishdi va har turda jamoalar ikki davraviy o`yinlar o`tkazadigan bo`ldi. 1-turning o`zida jamoalar ikki boradan to`qnash kelishdi. Ayollar futbolida salkam o`n besh yildan beri peshqadamlik qilib kelayotgan Qarshining “Sevinch” klubi yosh futbolchilari opalarining an`analarini davom ettirishdi. “Sevinch-2” jamoasi barcha uchrashuvlarda g`alaba qozongan holda, o`z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi...
Qayd etilgan natijalar:
1-tur. 1-davra.
10 may
“Dinamo” – AGMK – 2:0
“Sevinch-2” – “TerDU-Surxon” – 8:0
11 may
“TerDU-Surxon” - “Dinamo” – 0:4
AGMK – “Sevinch-2” – 0:4
12 may
“Dinamo” – “Sevinch-2” – 0:2
“TerDU-Surxon” – AGMK – 1:2
2-davra
13 may
AGMK – “Dinamo” – 1:2
“TerDU-Surxon” – “Sevinch-2” – 0:6
14 may
“Dinamo” – “TerDU-Surxon” – 1:0
“Sevinch-2” – AGMK – 1:0
1-turdan keyingi vaziyat:
1-“Sevinch-2” 5 5 0 0 21-0 15
2.”Dinamo” 5 4 0 1 9-3 12
3.AGMK 5 1 0 4 3-10 3
4.”TerDU-Surxon” 5 0 0 5 1-21 0
To`purar: Durdona Alieva (“Sevinch-2”) – 5 ta.
Birinchilikning navbatdagi 2-tur o`yinlari 19-23 iyunga belgilangan. 3-tur avgustda, 4-tur esa sentyabrda o`tishi rejalashtirilgan.