O`zPFL Sport boshqarmasi mutaxassislari tomonidan nazorat qilib boriladigan sariq kartochkalar hisobi bo`yicha navbatdagi turda maydonga tushmaydigan futbolchilar nomi ma`lum qilindi.
Unga ko`ra, bugun, Pepsi Superliganing 11-turida o`z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilayotgan “Navbahor” a`zosi Tomislav Payovich oldinga o`yinlarda “yig`ib borgan” to`rtta sariq kartochkasi tufayli maydonga tushmaydi. Yoshlar ligasining uch vakili esa 12-tur o`yinlarini maydon tashqarisida o`tkazib yuborishga “mahkum” etilgan. Demak, o`yinlarni o`tkazib yuboradigan futbolchilar:
Pepsi Superliga. 11-tur.
Tomislav Payovich “Navbahor”.
Yoshlar ligasi. 12-tur.
Xudoyshukur Sattorov “Metallurg”
Shaxzodbek Aliqulov AGMK
Ilhom Vaxobov “Neftchi”.