Pepsi Superliga o`yinlariga bo`lgan qiziqishning ortib borayotgani, muxlislarning stadionlarga tashrifida ijobiy o`zgarishlar yuzaga kelayotganidan kelib chiqib, O`FA hamda PFL rahbariyati 10-tur uchrashuvlari uchun 12 ta iPhone 8 smartfonini tayyorlab qo`ygan edi. Tur doirasidan o`rin olgan 6ta o`yinning har birida 2 donadan qimmatbaho telefon stadionda o`tirgan muxlislarga yutuqli o`yin natijasiga ko`ra taqdim etildi.
G`oliblar lotereya orqali aniqlandi. Shu kuni “Bunyodkor”, “Neftchi”, AGMK, “Qizilqum”, “Paxtakor” va “Buxoro” stadionlariga tashrif buyurgan omadli muxlislarning 12 nafari o`z uyiga yangi telefon bilan qaytishdi.
Stadionlarga yanada ko`proq ishqibozlarni jalb etish borasida olib borilayotgan bunday amaliy ishlar futbolimiz jamoatchiligini befarq qoldirmayapti. Buni turdan-turga stadionlarga muxlislar oqimi ko`payayotgani ham ko`rsatib turibdi.
PFL bunday yutuqli o`yinlar hamda aktsiyalarni bundan buyon tez-tez o`tkazib boradi.