Superliganing 8-tur doirasida dastlabki ikkita o`yini o`tkazildi. Ayniqsa “Neftchi” jamoasining ashaddiy muxlislari o`z jamoasining bu gal albatta g`alaba qozonishiga ishongandi. Lekin bashoratlar to`g`ri chiqmadi – farg`onaliklar yana durang o`ynab qo`yishdi.
Kunning ikkinchi uchrashuvida “Buxoro” o`z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi. O`yin qanchalik murosasiz, shiddatli kechmasin, 28-daqiqada Nemenya Yovanovichning o`z darvozasi to`rini nishonga olishi, maydon egalarining g`alabasini ta`minladi.
Ikki o`yin yakuniga ko`ra Buxoroda muxlislar soni ko`pligi qayd etilgan. Buxoroliklarning “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvini bevosita stadionning o`zidan kuzatish uchun 20631 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu ko`rsatkich “Buxoro”ning joriy mavsum uy o`yinlarida eng ko`p tomoshabin sifatida ko`rsatilmoqda...
“NEFTChI” – “METALLURG” - 0:0
24 aprel. Farg`ona shahri. “Istiqlol” sport majmuasi o`yingohi. 8102 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent).
"Neftchi": Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po`latov, Otabek Ahmadjonov (Avaz Agaliev, 46), Murodbek Bobojonov, Abbosbek Maxstaliev, Abrorbek Ismoilov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Islombek Karimov (Abdul Aziz Yusupov, 78), Dostonbek Tursunov (Davron Mamatov, 54)
"Metallurg": Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabihilo O`rinboev, Islombek Isoqjonov (Jamshid Yusupov, 85), Jasur Hasanov, Sherzod Fayziev, Akbarjon Ismatullaev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko Javohir Soxibov (51), Pavel Purishkin (Zohid Abdullaev (57).
Ogohlantirishlar: A.Abdulxaqov (69) – A.Otaxonov (69).
Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).
Komissar – Bekzod Aripov.
“BUXORO” – “QIZILQUM” - 1:0 (1:0).
24 aprel. Buxoro shahri. “Buxoro” sport majmuasi o`yingohi. 20631 tomoshabin.
Hakamlar: Hasan Ro`ziev (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Artyom Kalinin (Qarshi).
"Buxoro": Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Quttiboev, Shavkat Salomov (Mirfayz Muhiddinov, 85), San`at Shixov, Bahodir Nasimov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov (Ergash Ismoilov, 73), Aziz Ibragimov (Robbimjon Hasanov, 46), Sergey Rusetskiy
"Qizilqum": Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Giorgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov (Alisher Sanoev, 46), Doniyor Usmonov, Fayzullo Qambarov, Artur Gevorkyan (Samandar Shodmonov, 56), Muhsinjon Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich.
Gol: N.Yovanovich (28, o`z darv).
Ogohlantirishlar: Javohir Qahramonov (58) - Muhsin Ubaydullaev (21), Fayzulla Qambarov (37), Elguja Grigalashvili (84), Erkin Boydullaev (90+5).
Nazoratchi – Arslon Xotamov (Toshkent).
Komissar – Laziz Qo`chqorov.