Namanganda ayollar futboli mavsumi tantanali ravishda ochiladi

16.04.2018

Namanganda ayollar futboli mavsumi tantanali ravishda ochiladi

 

 

17 aprel kuni ayollar futboli bo`yicha mamlakat chempionatining 3-tur doirasidagi bahsida Namanganning “Navbahor”  klubi o`z maydonida G`uzorning “Sho`rtan” jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv soat 16:00da Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi maydonida bo`lib o`tadi.

 

 

Ayollar o`rtasidagi XXIV milliy chempionati bahslari joriy mavsumda ilk marta Namanganda o`tkazilayotganligi bois, “Navbahor” PFK rahbariyati tomonidan ochilish marosimini yuqori saviyada tashkillashtirishga o`ziga xos tayyorgarlik ko`rilmoqda. Mazkur tadbirda taniqli estrada xonandalari ishtirokida shou kontsert dasturi ham uyushtiriladi. Bir so`z bilan aytganda, ushbu uchrashuvga guvoh bo`ladigan, sevimli jamoalarini qo`llab-quvvatlaydigan muxlis-muxlisalar stadionga tashrif buyurganidan afsuslanmaydilar.

cola
apex
mib
mib
mib
mib