Bolalar va o`smirlar futboli: “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Turkiya turnirida chempion bo`lishdi

09.04.2018

Bolalar va o`smirlar futboli: “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Turkiya turnirida chempion bo`lishdi

 

 

Toshkentning “Lokomotiv” hamda Qarshining “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchilari Turkiya va Qatar davlatida tashkillashtirilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etayotganligi haqida yozgan edik. E`tiborli jihati, har ikkala klub futbol maktablari vakillari xorij safaridan g`olib va sovrindor bo`lib qaytishdi.

 

1-8 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shaxrida o`tkazilgan Side Star Cup-2018 xalqaro musobaqada ishtirok etgan “Lokomotiv” klubining ikka yosh toifasidagi vakillaridan biri – 12 yoshlilar (2006 yilda tug`ilganlar) guruhi musobaqaning bosh sovrini bilan taqdirlanishdi. Sunnat Ro`ziev shogirdlari  navbatdagi uchrashuvlarda  “Vatan” (Ozarbayjon, 7:2),  “Manavgatspor” (Turkiya, 2:0) hamda “Go`kturkspor” (Turkiya, 4:2) jamoalarini engib, oltin medalni qo`lga kiritishdi. Jamoaning g`alabalarida salmoqli hissasini qo`shgan Raxmatullo Tillaev 10 ta goli bilan musobaqa to`purari bo`ldi va maxsus Kubok bilan taqdirlandi. 10 ta davlat vakillari kurash olib borgan ushbu guruhda  2-o`rin Gruziyaning “Adjariya”,  3-o`rin esa Suriyaning “Alosman” jamoasi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.

 

 

2010 yilda tavallud topgan futbolchilar o`rtasidagi bahslarda yosh “temiryo`lchilar” kumush medal bilan taqdirlanishdi. Bunda bosh sovringa Ashxobodning “Oltin Toj” jamoasi sazovor bo`ldi. Rossiyaning “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchilari 3-pog`onadan joy olishdi. 

 

Mazkur yosh toifadagi  bolalar ichida futbolchilarimiz xam yuqori e`tirof etildi. Asadbek Abdulazizov "Eng yaxshi himoyachi, Abdulaziz Shukurov "Eng yaxshi yarim himoyachi", Ulug`bek Qurbonov esa "Eng yaxshi xujumchi" deb topildi.

Shuningdek, o`zidan bir yosh kattalar bilan to`p surgan, 2011 yilda tug`ilgan Kamoliddin Ahmadov "Musobaqa kashfiyoti" bo`ldi.

 

G`olib va sovrindor jamoa Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida ota-onalar, muxlislar va keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

 

 

 

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” futbol akademiyasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etgan xalqaro turnirda  “Nasaf” futbol maktabining 2000,  2001-2002 hamda  2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Qarshiliklar turnirda uchinchi o`rinlar bilan kifoyalanishdi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib