Bolalar futboli: “Andijon” “Navro`z Kubogi” g`olibi

06.04.2018

Bolalar futboli: “Andijon” “Navro`z Kubogi” g`olibi

 

 

Avval xabar berganimizdek,  O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining sun`iy qoplamali maydonida O`FA taqvim rejasida belgilangan “Navro`z Kubogi”ning 2004 yilda tug`ilgan o`smirlari o`rtasidagi musobaqasi yakuniga etdi.

 

 

15 ta jamoa to`rt guruhda kurash olib borgani, chorak va yarim final bahslaridan keyin 3-o`rin uchun “Navoiy” va “Andijon”,  1-o`rin uchun esa  “Iftixor” va “Yangier” yosh futbolchilari maydonga tushishlarini yozgandik. Biroq musobaqa taqvimida o`zgarish yuz berdi.  Yarim finalda g`alaba qozongan “Iftixor” jamoasi tarkibida ro`yxatdan o`tmagan futbolchi maydonga tushgani va bu bilan jamoa Reglament tartib-intizom kodeksining 5.11 moddasini buzganligi uchun turnir tashkilotchilari ushbu jamoaning yarim finaldagi o`yin natijasini bekor qildi.  Unga ko`ra, yarim finalda mag`lub bo`lgan “Andijon” jamoasiga texnik g`alaba va final yo`llanmasi berildi, “Iftixor” esa chorak final natijasi bilan kifoyalanadigan bo`ldi.

 

 

Shu tariqa musobaqaning hal qiluvchi finalida Andijon va Yangier  ixtisoslashgan futbol maktablarining yosh futbolchilari o`zaro kuch sinashadigan bo`ldi. Qiziqarli kechgan o`yinda andijonliklar yirik hisobda zafar quchishdi va “Navro`z Kubogi” g`olibi bo`lishdi.

 

 

 

Kichik oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlangan “Andijon”, “Yangier” va “Navoiy” jamoalariga diplomlar va Kuboklar topshirildi.

 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib