O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining sun`iy qoplamali maydonida O`FA taqvim rejasida belgilangan “Navro`z Kubogi”ning 2004 yilda tug`ilgan o`smirlari o`rtasidagi musobaqa tugaganidan ko`p o`tmay 2006 yilda tug`ilgan bolalar o`rtasidagi bahslar boshlanib ketdi. Ayni paytda musobaqaning hal qiluvchi pallasiga etib kelindi.
15ta jamoa to`rt guruhga bo`lingan holda bahslar olib bordi. Bular,
“A” guruhi – “Iftixor” (Oltiariq BO`FM), “Lokomotiv-Qoratepa” (Qarshi), “Andijon” (Andijon ixtisoslashtirilgan futbol maktabi), “Binokor” (Urganch Ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabi).
“V” guruhi – “Xorazm” (Xorazm ixtisoslashtirilgan futbol maktabi), “Chig`atoy” (Toshkent “Chig`atoy” akademiyasi), “Chirchiq OZK” (Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji).
“S” guruhi – “Navoiy” (Navoiy ixtisoslashtirilgan futbol maktabi), “Guliston” (Guliston shahar 1-BO`SM), “Jizzax” (Jizzax IFM), “Qo`qon” (Qo`qon shahar 2-BO`SM).
“D” guruhi – “Yangier” (Yangier shahar IFM), “Qizilqum” (Navoiy shahar BO`FM), “Paxtakor” (Termiz shahar IBO`SM), “Buxoro” (Buxoro shahar IFM).
Guruhlarda birinchi va ikkinchi o`rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo`llanma olishdi va bu bosqichda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Iftixor” – “Xorazm” – 1:1. Pen.bo`y. 4:3
“Andijon” – “Chig`atoy” – 3:2
“Navoiy” – “Paxtakor2 – 3:2
“Guliston” – “Yangier” – 2:2. Pen. bo`y. 3:4
Yarim final
“Iftixor” – “Andijon” – 2:2 Pen.bo`y. 5:4
“Navoiy” – “Yangier” – 2:3
Bugun, bir necha daqiqalardan keyin musobaqaning hal qiluvchi o`yinlari o`tkaziladi. 3-o`rin uchun “Navoiy” va “Andijon” jamoalari o`zaro kuch sinashishsa, g`olib nomini aniqlab beruvchi final o`yinida “Iftixor” va “Yangier” yosh futbolchilari maydonga tushishadi.