Bolalar futboli: “Lokomotiv” yoshlari Turkiyada peshqadam, “Nasaf” o`smirlarining ham Qatardagi natijasi yomon emas

04.04.2018

Bolalar futboli: “Lokomotiv” yoshlari Turkiyada peshqadam, “Nasaf” o`smirlarining ham Qatardagi natijasi yomon emas

 

 

Yurt futboli rivoji haqida gap ketar ekan, birinchi galda barchasiga poydevor atalmish bolalar futboliga e`tiborli bo`lish lozimligini mamlakatimizda bolalar futboliga qaratilayotgan g`amxo`rlik misolida ko`rish mumkin. Ayniqsa, futbolimizda yuz bergan va berayotgan islohotlarning eng avvalida aynan bolalar va o`smirlar futboli turganligini alohida e`tirof etish joiz.

 

Ayni soatlarda Respublikamizning turli hududlarida boalar va o`smirlar o`rtasida  turli mavqedagi musobaqalar avj olayotgan paytda ikki klubimizning ikki-uchtadan yosh toifadagi jamoalari xorij mamlakatlardagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishmoqda. 

 

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o`tgan yili Qatar futbol Uyushmasining prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniy bilan uchrashuvi va unda imzolangan memorandumga ko`ra “Nasaf” futbol maktabining uchta yosh toifadagi jamoasi ayni paytda Qatardagi dunyoga mashhur “Aspire” akademiyasi tashabbusi bilan an`anaviy o`tkaziladigan Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi musobaqada qatnashmoqda. 

 

 

Nurali Sultonov va Nasim Shoyimov murabbiyligidagi 2000 yilda tug`ilganlar, Pavel Kshnyakin ustozligidagi 2001-2002 yilda tug`ilganlar hamda  Umar Rahmatullaev va Jasur Ibrohimov bosh murabbiylik qilayotgan 2003 yilda tavallud topgan futbolchilar bittadan o`yinlarini o`tkazib bo`lishdi.

Tunisning “Etoulie Du Sahel” akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushgan qarshiliklarning 18 yoshdagi guruhi uchrashuvni 2:2 hisobi bilan tugatgan holda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo`ydi – 3:4.

 

 

“Nasaf”ning 17 yoshlilardan iborat vakillari esa raqiblari bilan durang o`ynadilar va bu safar qarshiliklar penaltini  o`z foydalariga hal etishdi – 4:3. 15 yoshli vakillarimiz esa teng kurashlar ostida kechgan o`yinda 2:3 hisobida mag`lubiyatga uchradi.

 

 

Qatarda yutuq va mag`lubiyatlar qayd etilayotgan paytda Turkiyadagi yoshlarimiz raqiblarini yirik hisoblarda mag`lubiyatga uchratishning uddasidan chiqishmoqda. Gap “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchilari haqida boryapti. 

 

Klubning 2006 va 2010 yillarda tug`ilgan o`smirlaridan iborat ikki toifadagi jamoasi Turkiyada o`tkazilayotgan an`anaviy “Sidestar” musobaqasida ishtirok etmoqda.  Turnirda Rossiya, Germaniya, Ruminiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Suriya  va O`zbekistondan tashrif buyurgan jamoalar  beshta yosh doirasida (2006-2010 yillarda tug`ilganlar) qatnashmoqda. “Lokomotiv”ning 12 yoshlilar jamoasi o`z guruhida “Vatan” (Boku), “Ajariya” (Batumi), “Gokturk Saroy” (Istanbul), “Manavgatspor” (Antaliya), “Bursa Milletspor” (Bursa), “Bursa Zaferspor” (Bursa) jamoalari bilan bahs olib boryapti. 8 yoshlilar esa ikki tarkibi bilan “Lokomotiv” (Moskva), “Kazanka” (Moskva), “Oltin Toj” (Ashxabod), “Gokturk Saroy” (Istanbul) hamda “Manavgatspor” (Antaliya) jamoalariga qarshi maydonga tushyapti.

 

“Side star Sup” musobaqasida ikkinchi tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Unda

“Lokomotiv”ning  U-12 jamoasi  avvaliga raqiblari “Ajariya” (Batumi)ni  5:2 hisobida taslim etgandi, kecha esa Ozarbayjonning “Vatan” jamoasini ham yirik hisobda mag`lub etishdi - 7:2.   “Lokomotiv-1” (U-8) esa moskvalik nomdoshlarini  9:4 hisobida engishning uddasidan chiqishdi.

"Lokomotiv" U-12 a`zosi, ikki tur yakuniga ko`ra turnirning to`purarlar karvoniga sarbonlik qilayotgan hujumchi Raxmatulla Tillaev to`p uchun kurashda raqibini engmoqda.

 

Turnir davom etmoqda.

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib