Bolalar va o`smirlar futboli: “Nasaf” tarbiyalanuvchilari "Navro`z Kubogi" sohibi

01.04.2018

Bolalar va o`smirlar futboli: “Nasaf” tarbiyalanuvchilari

 

 

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi taqvim rejasiga asosan 2004 yilda tug`ilgan bolalar jamoalari o`rtasida Navro`z bayramiga bag`ishlangan musobaqa yakuniga etdi.

 

 

O`FAga qarashli sun`iy qoplamali maydon hamda “Chig`atoy” sport bazasi maydonida o`tgan, jami 13ta jamoa qatnashgan turnirda bosh sovrinni “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari qo`lga kiritishdi. Eldor Moyliev shogirdlari guruhda Toshkentning “Spartak” va “Lokomotiv”, chorak finalda “Andijon”, yarim finalda esa “Paxtakor-2” jamoalarini engib, finalga qadar etib kelishdi. Hal qiluvchi o`yindagi raqib “Neftchi” jamoasi bo`ldi. Farg`onaliklar guruhda Samarqand va Qo`qon jamoalarini mag`lub etgan, chorak finalda “Navbahor”, yarim finalda esa “Iftixor” jamoasini penaltilar evaziga engib, final ishtirokchisiga aylangandi.   

 

Final o`yini qiziqarli o`tdi. Dastlab hisobni farg`onaliklar ochishgandi, qarshiliklar avvaliga hisobni tenglashtirishdi, uchrashuv tugashiga 5-6 daqiqa qolganida esa g`alaba to`pini kiritishdi.

 

Shu tariqa “Nasaf” “Navro`z Kubogi” g`olibi, “Neftchi” va “Iftixor” (Oltiariq) jamoasi esa uchinchi o`rindan joy oldi.

 

Chorak final

“Nasaf” – “Andijon” – 2:0

“Spartak” – “Paxtakor-2” – 0:0. Pen. Bo`y. 4:5

“Navbahor” – “Neftchi” – 0:3

“Iftixor” – Samarqand FM – 6:0

Yarim final

“Nasaf” – “Paxtakor-2” – 3:0

“Iftixor” – “Neftchi” – 1:1. Pen. Bo`y. 2:4

3-o`rin uchun

“Iftixor” – “Paxtakor-2” – 1:1. Pen.bo`y. 4:2

Final

“Nasaf” – “Neftchi” – 2:1

 

Mazkur musobaqani O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi selektsionerlari kuzatib borishganini ham alohida ta`kidlab o`tish kerak. 16 yoshlilar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Azamat Abduraimov iste`dodli futbolchilar orasidan O`zbekiston o`smirlar terma jamoasining dastlabki nomzodlarini belgilab oldi. Bular,

 

“Bunyodkor” jamoasidan – Tohir To`xtasinov, Dilyor Qo`ziboev, Asadbek Qahhorjonov, Elbek Bo`riev, Abduqodir Husanov.

 “Nasaf”dan – Elyor Yo`lbarsov, Shaxzod Akramov, Temurmalik Eshpo`latov, Jasur Ubaydullaev.

“Paxtakor”dan – Muhiddin Pazliddinov, Vazgen Pogosyan, Kirill Gazarov, Sardor Xojibekov,.

“Andijon”dan – Abdumalik Nurmuhammedov, Azizbek Tojiboev, Salohiddin Solijonov..

“Lokomotiv”dan – Aziz Toshkenboev, Otabek Mirhaydarov.

“Neftchi”dan – Kamol Junashev, Islomov.

 “Navbahor”dan – Asadbek Jo`raboev.

“Qo`qon-1912”dan – Shamsiddin Husanov.

 

 

O`smirlar terma jamoasiga nomzodlarni saralash va tanlash ishlari hali yana davom etadi. Aprel oyida o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazish rejalashtirilgan. Yoz oylarining birida esa Markaziy Osiyo davlatlari o`smirlar terma jamoalari o`rtasida turnir tashkil etish ko`zda tutilmoqda.

cola
apex
mib
mib
mib
mib