Kecha start olgan futzal bo`yicha mamlakat chempionatining dastlabki turi bugun nihoyasiga etdi. Ilk bor yangicha tartib va qoidalar asosida o`tayotgan musobaqada amaldagi chempion – Olmaliqning AGMK jamoasi yana peshqadamlikka ko`tarilib oldi.
AGMK, “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari joriy mavsumda asosiy raqobatchilar bo`lishi kutilmoqda. Sababi, nomlari qayd etilgan jamoalar tarkibida mamlakat terma jamoasining kechagi kun va bugungi vakillari to`p surishmoqda. Ikki uchrashuv yakuniga ko`ra hali ochko yo`qotmay borayotgan “Navbahor” tarkibi esa mahalliy yoshlardan tashkil topgan, ammo ikki o`yinda ikki g`alaba. Aytish mumkinki, namanganliklarning raqiblari “So`g`diyona” edi, bu jamoa ham asosiy e`tiborni mahalliy yoshlarga qaratgan.
Dastlabki turda bir necha o`yinlar durang bilan tugadi. Ayniqsa, “Lokomotiv” – “Neftchi” uchrashuvida kimning kuchli ekanligi sezilmay qoldi - har ikkala bahs ham durang bilan tugadi.
Eng yirik natijalarni AGMK qayd etdi – qo`qonliklarga qarshi safarda maydonga tushgan olmaliqliklar har ikkala o`yinda ham raqiblarini ayab o`tirishmadi...
1-tur. 31 mart.
“Bunyodkor” – “Qizilqum” – 6:1 (3:0).
Toshkent shahri. “O`zbekiston” sport majmuasi. 73 tomoshabin.
Hakamlar: N.Afinogenov (Toshkent), S.Abdurahmonov (Toshkent), A.Karimov (Toshkent vil.), I.Zoitov (Toshkent vil.).
“Bunyodkor”: Asosiy tarkib – Abbos O`lmasbekov, Nodir Sodiqov, Davron Valijonov, Xurshid Najimov, Zuhriddin Ziyomuhammedov. Zaxiradan tushganlar – Olimjon Vohidov, Ulug`bek Abdullaev, Baxtiyor Rasulov, Jamoliddin Normirzaev, Akbar Abroev, Ilhom Sharipov, Ilhom Karimov, Timur To`raqulov, Alisher Xolmuhammedov, Miralisher Mirahmadov, Sebastiyan Mashaev.
“Qizilqum”: Asosiy tarkib – Sevdiyor O`rinov, Laziz Raxmatullaev, Shaxboz Quvondinov, Farhod Ashurov. Temur Rahimov, Zaxiradan tushganlar – Axror Umurzoqov, Izzatillo Ismoilov, Suxrob Ahmedov, Alijon Rahmonov, Doston Roziqov, Muhriddin Egamberdiev, O`tkir Nurillaev, Zokirjon Mirzaev, Nuriddin Toshev, Bekzod Ibrohimov.
Gollar: I.Karimov (5, 7), J.Normirzaev (16), Z.Ziyomuhammedov (24), O.Vohidov (27), D.Valijonov (39) – A.Rahmonov (40).
Ogohlantirishlar: Sh.Quvondinov (18), F.Ashurov (37).
Nazoratchi – F.Qudratov (Samarqand).
Komissar – J.Raxmatullaev.
“Metallurg” – “Neftchi” – 2:1 (0:0).
Bekobod shahri. “Yoshlik” sport majmuasi. 222 tomoshabin.
Hakamlar: R.Tog`aev (Toshkent), A.Rubakov (Toshkent), U.Po`latov (Toshkent), J.Qudratov (Samarqand).
“Metallurg”: Asosiy tarkib – Ramil Almamedov, Shaxboz Ahmedov, Baxtiyor Baratov, Sherzod Mustafoev, A`zam Saidaxmatov. Zaxiradan tushganlar – Nodirjon Nishonov, Abubakir Usmon, Ixtiyor Ropiev, Aliakbar Bayburin, Odiljon Asamov, Temur Saydullaev, Ashurboy Ergashev, Boburjon Domlajonov, Sardor Inomjonov.
“Neftchi”: Asosiy tarkib – To`ychiboy Berdiev, Anasxon Raxmatov, Ilhom Yusufjonov, G`ulomjon Mamajonov, Xurshid Tojiboev. Zaxiradan tushganlar – Xushnur Erkinov, Avazbek Abduvaliev,SaidRizo Mirsharofov, Doniyor Tohirov, Husniddin Nishonov, Abduqodir Ortiqov, Rashid Jabborov, Farhod Ne`matov, Diyor Yunusaliev, Shuhrat Yunusov, Elyor Domlaev.
Gollar: U.Abubakir (38), Sh.Ahmedov (40) – H.Nishonov (27).
Ogohlantirish: R.Almamedov (26) - I.Yusufjonov (26).
Nazoratchi – B.Hasanov (Samarqand).
Komissar – A.Fayziev.
“Qo`qon-1912” – AGMK – 2:11 (0:7).
Qo`qon shahri. 2-BO`SM sport majmuasi. 223 tomoshabin.
Hakamlar: S.Nishonboev (Toshkent), Sh.Muhitdinov (Toshkent), S.Rahmonov (Farg`ona), A.Mamatov (Qarshi),
“Qo`qon-1912”: Asosiy tarkib – Abdurahmon Ziyoev, Alisher To`xtaboev, Rustam A`zamov, Laziz Safoev, Po`lat Qirg`izov. Zaxiradan tushganlar – Elyor Menbariev, Aziz Ashurov, Muslim Mansurov, Diyor Karimov, Odiljon Xoliqov, Ulug`bek Egamberdiev, Xojiakbar Zufarov, Boburmirzo Abduraupov.
AGMK: Asosiy tarkib – Klim Tyugaev, Sarvar Shoahmedov, Javlon Anorov, Andrey Shlyoma, Shuhrat Tojiboev. Zaxiradan tushganlar – Rustam Umarov, Sunnatjon Anvarov, Jaloliddin Sharipov, Sunnat Qurolov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Davron Abdurahmonov, Sirojiddin Mahmudov, , Po`lat Olimov, Farhod Abdumavlonov.
Gollar: L.Safoev (28), D.Karimov (38) – S.Shoahmedov (1), J.Sharipov (3, 10), J.Anorov (6, 18, 26), Sh.Tojiboev (13), F.Abdumavlonov (15), S.Mahmudov (23), S.O`rolov (32), A.Shlyoma (34).
Nazoratchi – Sh.Allaev (Jizzax).
Komissar – M.Saidqosimov.
“Navbahor” – “So`g`diyona” – 3:2 (2:2).
Namangan shahri. “Barkamol avlod” sport majmuasi. 281 tomoshabin.
Hakamlar: R.Shuhratov (Marg`ilon), Jamol Qosimov (Marg`ilon), M.A`zamjonov (Farg`ona), Jalol Qosimov (Marg`ilon).
“Navbahor”: Asosiy tarkib – Islom Jo`raev, Ilyos Mallaev, Abdukarim Abduazizov, Komil Qo`chqorov, Hakim Abdurashidov. Zaxiradan tushganlar – Nurilla Isaqov, Ravshan Ubaydullaev, Abdullo O`rinboev, Ayubxon G`apporov, , Dilmurod Malikov, Yunusxon Jabborov, Kamron Nuriddinov, Muhammad To`raev, Mahmud Rustamov, No``monjon Ahmedov.
“So`g`diyona”: Asosiy tarkib – Oybek Akmalov, Diyor Islomov, O`tkir Mamatov, Eldor Meliev, Baxtbek Xolbekov. Zaxiradan tushganlar – Botir Rizae, Farhod G`aniboev, Sirojiddin Shokirov, Fayozjon Jo`raboev, Shuhrat Suyarqulov, Dilmurod Jumaev, Otamurod Jumanov, Elbek To`lqinov, O`rozboy Norboev.
Gollar: H.Abdurashidov (6), R.Ubaydullaev (6), N.Isaqov (35) – O`.Mamatov (2-pen.), B.Xolbekov (11.
Ogohlantirish: I.Jo`raev (18), I.Mallaev (23) – D.Islomov (5).
Nazoratchi – L.Qosimov (Andijon).
Komissar – K.Mirzaboev.
“Lokomotiv” – “Nasaf” – 4:4 (2:2).
Toshkent shahri. “O`zbekiston” sport majmuasi. 87 tomoshabin.
Hakamlar: J.Allaev (Jizzax), S.Petrov (Toshkent), O.Abduxalimov (Navoiy), F.Muzaffarov (Kogon).
“Lokomotiv”: Asosiy tarkib – Abbos Elmurodov, Asomiddin Jaloliddinov, Mirzohid Haydarxo`jaev, Shohruh Shokarimov, Rustam Temirxonov. Zaxiradan tushganlar – Muzaffar Ahadjonov, Akmal Elmurodov, Bobur Payzullaev, Abdulla Solixov, Ibrohim Kamoljonov, Zoir Jo`raev, Artur Yunusov, Umidjon Usmonov, Zabixillo Dolimov.
“Nasaf”: Asosiy tarkib – Javohir Ochilov, Oybek Polvonov, Sunnatillo Jo`raev, Rustam Jo`raev, Javohir Ashurov. Zaxiradan tushganlar – Alisher Yusupov, Jasur Halimov, Xurshid Rahmonov, Muzaffar Sharipov, Elnur Joriyaqulov, Shoxjahon Ma`rufov, Mamasharif Xalimov, Saddam To`xtaev, Shohruh Norqulov.
Gollar: B.Payzullaev (12, 28), R.Temirxonov (14), M.Ahadjonov (34) - Sh.Ma`rufov (6), M.Xalimov (9), A.Yusupov (22), J.Ashurov (38).
Ogohlantirish: B.Payzullaev (28), M.Ahadjonov (34) - A.Yusupov (22), J.Ashurov (38).
Nazoratchi – F.Xayrullaev (Kogon).
Komissar – R.Tolibjonov.
“Buxoro” – “Paxtakor” – 2:6 (1:2).
Buxoro shahri. Olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasi. 170 tomoshabin.
Hakamlar: A.Orzibekov (Nukus), X.Otamurotov (Xiva), J.Tursunboev (Xiva), J.Bo`riev (Qarshi).
“Buxoro”: Asosiy tarkib – Shavkat Ibrohimov, Ilhom Hamroev, Firdavs Ravshanov, Jo`rabek Ahmedov, Sohib Narzullaev. Zaxiradan tushganlar – Islom Usnatdinov, Doniyor Saidov, Shamshod Savriddinov, Suxrob Qobilov, Ulug`bek Ramazonov, Islom Nasriddinov, Jahongir Xayriev, Shoxjahon Shonazarov, Mironshox Tolibov.
“Paxtakor”: Asosiy tarkib – Akmal Xazratqulov, Dilshod Irsaliev, Maxsud Fayzullaev, Feruz Faxriddinov, Timur Sadirov. Zaxiradan tushganlar – Mirislom Miraliev, Aleksey Loktionov, Umidjon Zayniddinov, Shomaqsud Shobahromov, Mirjavohir Mirhamidov, Alisher Ibrohimov, Ilhom Rajabov, Ravshan Eliboev, Muhammad Zoirov.
Gollar: I.Hamroev (5), S.Qobilov (34) – F.Fahriddinov (8, 20), A.Ibrohimov (26, 36, 39), D.Irsaliev (27).
Ogohlantirish: J.Ahmedov (30, “Buxoro”).
Nazoratchi – I.Yoqubov (Xiva).
Komissar – Sh.Rajabov.
1-turdan keyingi vaziyat:
1.AGMK 2 2 0 0 19-6 6
2.”Bunyodkor” 2 2 0 0 14-4 6
3.”Navbahor” 2 2 0 0 5-3 6
4.”Paxtakor” 2 1 1 0 8-4 4
5.”Metallurg” 2 1 1 0 5-4 4
6.”Lokomotiv” 2 0 2 0 7-7 2
7.”Nasaf” 2 0 2 0 7-7 2
8.”Neftchi” 2 0 1 1 4-5 1
9.”Buxoro” 2 0 1 1 4-8 1
10.”So`g`diyona” 2 0 0 2 3-5 0
11.”Qizilqum” 2 0 0 2 4-14 0
12.”Qo`qon-1912” 2 0 0 2 6-19 0
To`purarlar: J.Anorov (AGMK) – 6, J.Sharipov (AGMK) – 4.