Ayollar futboli: 16 yoshlilar musobaqasida Andijon viloyati qizlari g`olib bo`lishdi

29.03.2018

Ayollar futboli: 16 yoshlilar musobaqasida Andijon viloyati qizlari g`olib bo`lishdi

 

Avval xabar berganimizdek, 27-29 mart kunlari poytaxtning “Yoshlik” sport majmuasida O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining taqvim rejasiga asosan 16 yoshli qizlar o`rtasida futzal bo`yicha Respublika turniri bo`lib o`tdi.

 

Musobaqa qonun-qoidasiga binoan, turnir 12 va 14 yoshlilar o`rtasida ham tashkillashtirilgan edi. Samarqandda uyushtirilgan musobaqada uchta jamoa ishtirok etgan va unda maydon egalari g`olib deb topilgan. Qarshida o`tgan 14 yoshlilar turnirida esa 7 jamoa orasida qarshiliklar yakka peshqadamlik qilishdi. Va nihoyat, taqvim rejasining so`nggi turniri – 16 yoshlilar musobaqasi ham yakuniga etdi. Beshta jamoa – Toshkent, Andijon, Jizzax, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahar vakillari qatnashgan turnirda bosh sovrin andijonliklarga nasib etdi.

 

 

Bahodir Abdullaev ustozligidagi Andijon viloyati Xo`jaobod tumani Bolalar va o`smirlar sport maktabi (direktori Shavkat Muhitdinov) tarbiyalanuvchilari o`tgan yili viloyatda tashkil etilgan xotin-qizlar futbol musobaqasida muvaffaqiyat qozongan, biroq boshqa hech qanday turnirda ishtirok etmagan edi. O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining taqvim rejasiga asosan ilk bor o`tkazilayotgan mazkur turnirning dastlabki bosqichi viloyatlarda o`tishi, g`oliblari Respublika final bahslariga yo`llanma olishi ko`zda tutilgan edi. Musobaqa barcha viloyatlarda o`tdi, deyish qiyin. Ammo Andijonda tashkillashtirilgan turnirda 7ta jamoa qatnashgan, xo`jaobodliklar ushbu turnir g`olibi sifatida poytaxtga safar etgan edi.

 

 Andijon viloyati vakillari Toshkent shahar va viloyati jamoalarini engdi, namanganliklar bilan durang o`ynadi, jizzaxliklar esa o`yinga kechikib kelgani uchun ular ustidan texnik g`alabaga erishdi va yakunda chempion deb topildi. Ikkinchi o`rin Namangan, uchinchi o`rin esa Toshkent shahar yosh futbolchi qizlariga nasib etdi.

 

Namangan jamoasi

 

Toshkent shahar jamoasi

 

Uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:

27 mart

Toshkent sh. – Toshkent v. – 7:2

Andijon – Namangan – 5:5

Jizzax – Andijon - -:+

Toshkent v. Namangan – 5:1

28 mart

Toshkent v. – Andijon – 2:3

Jizzax – Toshkent sh. – 0:8

29 mart

Jizzax – Namangan – 0:10

Toshkent sh. – Andijon – 1:3

Toshkent v. – Jizzax – 2:1

Namangan – Toshkent sh. – 4:3.

 

Andijon – 10, namangan – 7, Toshkent viloyati jamoasi 6 ochko to`pladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib