O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi memorandum doirasida yurtimizdagi Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida futbol bo`yicha “O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Kubogi” musobaqalari davom etmoqda.
O`FAning tasdiqlangan rejasiga asosan Namangan viloyatida Respublika birinchiligining viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.
Ikki davrada olib borilgan musobaqada Namangan muhandislik texnologiya institutining NamMTI, Namangan davlat universitetining NamDU hamda Namangan muhandislik qurilish institutining NamMQI talabalaridan iborat havaskor jamoalari ishtirok etdi.
“Navbahor-Umid” maydonida kechgan bahslar yakuniga ko`ra Namangan davlat universiteti talabalari to`rt o`yindan 9 ochko jamg`argan holda viloyat g`olibligini qo`lga kiritishdi. 6 ochko to`plagan Namangan muhandislik texnologiya institutining havaskor futbolchilari esa ikkinchi o`rinni egallashdi.
Qayd etilgan natijalar:
1-davra
NamMQI – NamDU – 0:1
NamDU - NamMTI – 1:0
NamMTI – NamMQI – 1:3
2-davra
NamMTI – NamDU – 3:2
NamMQI – NamMTI – 0:4
NamDU – NamMQI – 1:0
Shu tariqa, g`olib jamoa aprel oyining ikkinchi yarmida o`z shahrida tashkil etiladigan ikkinchi bosqich o`yinlariga yo`llanma oldi.