Ayollar futboli: “Metallurg” O`zbekiston Superkubogi sohibi

28.03.2018

Ayollar futboli: “Metallurg” O`zbekiston Superkubogi sohibi

 

Mamlakat chempioni hamda Kubok sohibi o`rtasida kechishi ko`zda tutilgan Superkubok o`yini bo`lib o`tdi. Poytaxtdagi Jar stadionining zaxira maydonida amaldagi mamlakat chempioni “Metallurg” hamda 2017 yilgi Kubok finalchisi (sababi Kubokni ham “Metallurg” qo`lga kiritgan) “Bunyodkor” jamoalari o`zaro kuch sinashishdi.

 

Har ikkala jamoa ham g`alabaga bo`lgan shijoatini, ishtiyoqini namoyon etishdi. Birinchi bo`limning dastlabki daqiqalarida “Bunyodkor” qizlarining tashabbuskorligi sezilib turdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar esa samarasiz yakunlanaverdi. “Metallurg” ham qarshi hujumlarda faollik ko`rsatishdi. Bu ko`p o`tmay samarasini berdi. Qizig`i, “Bunyodkor” jamoasi darvozasiga kiritilgan dastlabki golda poytaxtliklarning o`zlari raqiblariga “yordamlashishdi” – Luiza Sadirova burchakdan oshirilgan to`pni maydon tashqarisiga chiqarish o`rniga o`z darvozasi to`riga yo`llab qo`ya qoldi. O`n daqiqa o`tar-o`tmay Luizaning xatosini jamoadoshi Lyudmila Karachik tuzatdi – darvozabon bilan birga-bir chiqqan holda darvozani ishg`ol etishning uddasidan chiqdi – 1:1.

 

Tomoshabinlar ikkinchi bo`limda ham qiziqarli o`yin guvohi bo`lishdi. Har ikkala tomondan bir necha bor hujumlar uyushtiroldi, xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq darvoza bir bor ishg`ol etildi. O`yinning 70-daqiqasida Nozimaxon Ergasheva “Bunyodkor” darvozasiga gol kiritib, muhim g`alabani ta`minladi.

 

Shu tariqa “Metallurg” ikkinchi bor Superkubokni qo`lga kiritib, bu borada etakchi hisoblangan “Sevinch” bilan ko`rsatkichlarini tenglashtirib oldi.

 

 

 

O`zbekiston Superkubogi.

“Bunyodkor” - “Metallurg” –– 1:2 (1:1).

28 mart. Toshkent shahri. Jar stadioni. 85 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirobidova (Toshkent), Zilola Raxmatova (Qarshi), Kristina Sereda (Toshkent), Anna Sidorova (Toshkent).

“Bunyodkor”: Olga Qahhorova, Dilnoza Bektemirova, Saida Galimova, Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Mariya Moiseeva (Ekaterina Salnokova, 65), Solixa Husniddinova, Rushaniya Safina, Luiza Sadirova, Tojiniso Rashidova (Ozoda Xojieva, 77), Lyudmila Karachik.

 

“Metallurg”: Gulandon Boymatova, Zumradxon Nazarova, Xolida Dadaboeva, Nozima Kamoltoeva, Iroda Turdalieva, Feruza Turdalieva, Maxliyo Sariqova, Diyora Erkinova (Jesika Kruchinina, 64), Mavluda Minavvarova, Dildora Nozimova, Nozimaxon Ergasheva.

Gollar: L.Sadirova (33-o`z darv.), L.Karachik (41) – N.Ergasheva (70).

Ogohlantirish: D.Bektemirova (58) – Z.Nazarova (6), M.Minavvarova (27).  

 

Nazoratchi – Ro`zim Davlatmurodov (Toshkent).

cola
apex
mib
mib
mib
mib