Ayollar futboli: Bugun Superkubok o`yini – “Metallurg” va “Bunyodkor”

28.03.2018

Ayollar futboli: Bugun Superkubok o`yini – “Metallurg” va “Bunyodkor”

 

 

Bugun, 28 mart kuni poytaxtdagi Jar stadionining zaxira maydonida ayollar futboli bo`yicha Superkubok o`yini o`tkaziladi.

 

Unda amaldagi mamlakat chempioni va Kubogi sohibi Bekobodning “Metallurg” va O`zbekiston Kubogi finalchisi Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o`zaro kuch sinashishadi.

 

Mazkur uchrashuvni ayollar futboli bo`yicha tajribali hakam Edita Mirobidova boshqarib boradi. O`yin soat 14:00da boshlanadi.

 

O`zbekiston Superkubok o`yini.

“Metallurg” – “Bunyodkor”

Hakamlar: Edita Mirobidova (Toshkent), Zilola Raxmatova (Qarshi), Kristina Sereda (Toshkent), Anna Sidorova (Toshkent).

Nazoratchi – Ro`zim Davlatmurodov (Toshkent).

 

 

Eslatib o`tamiz, Superkubok o`yini to`rtinchi marotaba o`tkazilmoqda. 2015 va 2017  yilgi mavsumlarda Qarshining “Sevinch” klubi, 2016 yilda esa “Metallurg” klubi mazkur sovrinni qo`lga kiritgan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib