O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining taqvim rejasiga asosan Qarshi shahrida 14 yoshli qizlar o`rtasida futzal bo`yicha Respublika birinchiligi boshlanganligi haqida xabar bergan edik. Ilk bor tashkil etilgan turnir mezbonlarning muvaffaqiyati bilan yakun topdi.
Musobaqa qonun-qoidasiga ko`ra, uning birinchi bosqichi tuman va shaharlarda o`tishi, g`oliblardan tuzilgan viloyat terma jamoalari Qarshida o`tadigan final bosqichiga yo`llanma olishi lozim edi. Qarshiga, O`FA taqvimida belgilangan musobaqaga ettita jamoa etib keldi va ikki guruhga bo`lingan holda musobaqaga kirishdi. Bular;
“A” guruhi – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari;
“V” guruhi – Qashqadaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlari vakillari.
Shahardagi “Geolog” sport majmuasida o`tkazilgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
23 mart
Sirdaryo – Qoraqalpog`iston – 0:2
Qashqadaryo – Jizzax – 8:3
Navoiy – Jizzax – 0:4
Xorazm – Andijon - -:+
(xorazmliklar belgilangan muddatda Qarshiga etib kelmaganliklari uchun ularga texnik mag`lubiyat, andijonliklarga esa texnik g`alaba yozildi)
24 mart
Xorazm – Qoraqalpog`iston - 0:3
Sirdaryo – Andijon - 0:3
Navoiy – Qashqadaryo - 0:5
Xorazm – Sirdaryo - 1:0
Andijon - Qoraqalpog`iston - 0:1
25 mart
Xorazm – Navoiy - -:+
Qoraqalpog`iston – Jizzax - 3:1
Andijon - Qashqadaryo - 0:8
26 mart
3-o`rin uchun: Jizzax – Andijon - 2:3
1-o`rin uchun: Qoraqalpog`iston - Qashqadaryo - 1:11
Shu tariqa qashqadaryoliklar kichik oltin medal bilan taqdirlanishdi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar Qoraqalpog`iston hamda Andijon terma jamoalari qizlariga nasib etdi.
G`olib va sovrindorlar Kubok, medallar va diplomlar bilan taqdirlanishdi.