Ayollar futboli va futzal mavsumi: “Sevinch” ilk Superliganing ilk chempioni bo`lmoqchi

26.03.2018

Ayollar futboli va futzal mavsumi: “Sevinch” ilk Superliganing ilk chempioni bo`lmoqchi

 

 

Ayollar futboli ham, futzal sport turi ham shu paytgacha alohida assotsiatsiya sifatida faoliyat yuritib kelganligidan, O`FAdagi islohotlar tufayli barchasi bir tom ostiga to`planganidan xabaringiz bor. Yangicha tahrirdagi Reglamentga asosan ayollar va futzal musobaqalari ham Superliga klublari qoshiga biriktirilib, shu nom ostida musobaqalashadigan bo`ldi.

 

 

“Sevinch” huquqiy tomondan “Nasaf” klubiga tegishli, ammo o`zining alohida shonli yo`li bor. Tashkil topganiga 15 yil bo`ldi, ammo shundan o`n ikkitasida chempionlikni qo`lga kiritgan, ikki marotaba kumush va atigi bir marotaba bronza medali bilan kifoyalangan. Mamlakat Kubogining to`qqiz karra chempioni, uch marotaba o`tkazilgan Superkubok o`yinining ikkitasi g`olibi. Futzal, plyaj bo`yicha yutuqlari esa undan-da ziyod.

 

 

Vladislav Xan shogidlari bu yil ham “Sevinch” nomi ostida “Nasaf” klubi sharafini himoya qilar ekan, ilk bor tashkil etilayotgan Superliga musobaqasining dastlabki mavsumidayoq “Nasaf” va “Sevinch” sharafini munosib himoya qilib, birinchi chempioni bo`lishni maqsad qilgan.  

 

Qashqadaryo futzalining ham o`ziga xos tarixi bor. O`z davrida “Koson-Yog`”, “Do`stlik-AIN” klublari mamlakat chempionatlarida viloyat sharafi uchun maydonga tushgan. Ayniqsa, “Do`stlik-AIN” jamoasi medallar uchun kurashgan yillar ham bo`ldi. Bu yildan esa “Nasaf” alohida, shakllangan holda chempionatga kirib kelyapti...

 

Ayollar futboli bo`yicha:

 

 

“Sevinch” professional futbol klubi 2003 yilda tashkil topgan. Qarshi shahridagi  “Geolog” stadionida jamoa a`zolarining yashashi va mashg`ulotlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan: talabga javob beruvchi stadion, maydon, sport zal, yotoqxona, oshxona, suzish xavzasi, qumli maydoncha, trenajer zal...Chempionatda raqiblarini ham shu stadionda qabul qiladi. Sport kiyimlari va jihozlari bo`yicha muammo yo`q.  Har yili yangi o`yin liboslari bilan ta`minlanadi. Klubning hatto Superliganing aksari  vakillari havas qilsa arzigudek ikkita avtobusi va bitta  engil avtomashinasi xizmatda.

 

 

 

 

Jamoa Superligada ishtirok etish uchun quyidagi tarkibni ro`yxatdan o`tkazgan:

 

Bosh murabbiy Vladislav Xan      24.11.1956

Yordamchi murabbiy Bahrom Norsafarov                 24.02.1966

Darvozabonlar murabbiyi Elena Belova                06.05.1985

Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiy Dmitriy Smirnov  07.04.1986

Jamoa ma`muri Dmitriy Konyarov                 01.07.1980

Jamoa shifokori O`ktam Eshmurodov    23.09.1957

Massajchi Yulduz Qo`ylieva 22.11.1981

Ro`yxat ilova qilinmoqda

Darvozabonlar

Laylo Tilavova 08.03.1997

Maftuna Jonimqulova        26.07.1999

Himoyachilar

Oliya Ahmedova  14.08.1985

Maftuna Shoyimova    01.01.1999

Shaxnoza Shokirova    10.04.1999

Shodiya Tosheva   14.05.1997

Maftuna Panjieva     11.09.1999

So`g`diyona Allamurodova      03.01.2001

Gulhayyo Mannaboeva   04.07.1998

Laylo Shodieva  26.03.2000

Laylo Tosheva    15.08.2000

Yarim himoyachilar

Shaxnoza Qurbonova   01.05.2000

Sevara Normurodova  01.03.1999

Tanzilya Zarbieva                 08.02.1991

Malika Burxonova      22.02.1998

Hujumchilar

Nilufar Qudratova    05.06.1997

Feruza Boboxo`jaeva   05.10.1999

Gulzoda Amirova        13.10.1999

 

Barcha futbolchilar mahalliy qizlardan tashkil topgan. Jamoaning  maqsadi – chempion bo`lish.

 

Futzal bo`yicha:

 

“Nasaf” futzal jamoasi 2018 yilning yanvar oyida tashkil etildi. Ayni paytda futzalchilar baza sifatida klubning “Sputnik” qo`rg`onidagi majmuasidan foydalanmoqda. Yotoqxona va oshxona masalasi bo`yicha mazkur majmuadan foydalanishsa, mashg`ulotlarini “Geolog” sport majmuasi zalida olib borishadi. Chempionatda raqiblarini ham aynan “Geolog”dagi zamonaviy, qishin-yozin musobaqa o`tkazish imkoniyati yaratilgan sport zalda qabul qilishadi. Avtobus, sport kiyimlari va jihozlari bilan to`liq ta`minlangan.

 

“Nasaf” Superligada ishtirok etadigan tarkibni quyidagicha shakllantirmoqda:

 

 

Bosh murabbiy Xolbek Yo`ldoshev 08.08.1981

Murabbiy Oybek Polvonov 30.12.1987

Murabbiy asisenti Alisher Yusupov    12.04.1984

Ma`mur Ulug`bek Majitov  14.07.1989

Darvozabonlar

Muzaffar Sharipov   28.07.1997

Javohir Ochilov                  25.04.1994

Timur Haydarov                  15.09.1999

O`yinchilar

Elnur Joriyaqulov     05.03.2001

Shohruh Norqulov      25.09.2000

Mamasharif Xalimov 17.12.1992

Sunnatulla Jo`raev    24.12.1994

Shohjahon Ma`rufov 08.09.1995

Javohir    Ashurov 19.08.1992

Rustam Jo`raev   12.09.1992

Xurshid Rahimov        09.07.1997

Saddam To`xtaev 19.03.1999

Tohir Abdurazzoqov  07.06.1991

Samandar Ochilov       16.11.1995

Jasur Xalimov 20.02.1995

 

 

Futzalchilarning bari mahalliy yigitlar. Jamoa dastlabki mavsumda tarkibni shakllantirish va imkon qadar yuqori pog`onalardan joy egallashni ko`zlamoqda.

cola
apex
mib
mib
mib
mib