Namanganda futbol bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ochiq turniri boshlandi

24.03.2018

Namanganda futbol bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ochiq turniri boshlandi

 

Namangan shahridagi 15-sonli futbol bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qarashli “Yosh kuch” stadionida O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi futbol bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 2006 yilda tug`ilgan o`quvchilari o`rtasida respublika ochiq turniri start oldi.

 

Musobaqaning ochilish marosimida Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bahrom Xolmirzaev, “Navbahor” PFK direktori Akramjon Dedabaev, “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo`minjonov, shuningdek, mazkur musobaqada ishtirok etayotgan futbol maktab-internatlarining vakillari,  murabbiylar,  yosh futbolchilar ishtirok etishdi.

 

 

Respublika ochiq turnirida Samarqand, Jizzax, Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlari, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangier shahri, Toshkent viloyatining Yangiyo`l shahri, Toshkent  shahrining “Paxtakor” va FDIMI, Andijon viloyatining Shahrixon shahri, Uchqo`rg`on tumanining DIMI, Namangan shahar 15-DIMIning 1 va 2-jamoalari, jami 12ta jamoa ishtirok etmoqda.

cola
apex
mib
mib
mib
mib