Samarqandda “O`FA Kubogi” bahslari start oladi

24.03.2018

Samarqandda “O`FA Kubogi” bahslari start oladi

 

 

Ma`lumki, O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o`zaro memorandum imzolagandi.

 

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida futbol bo`yicha “O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Kubogi” musobaqalarini o`tkazishga kelishib olingandi.

 

O`FAning tasdiqlangan rejasiga asosan 27 martdan 5 aprelga qadar Samarqandda «O`FA Kubogi»ning birinchi bosqich o`yinlari bo`lib o`tadi. Unda viloyatdagi sakkizta Oliy ta`lim muassasalari jamoalari ikki guruhga bo`lingan holda o`zaro kuch sinashishadi. Bular, “A” guruhida  Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “SamDAQI”, Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining “SamDU-1”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “TATU”, Samarqand qishloq xo`jalik institutining “SamQXI”, “V” guruhida Samarqand davlat universiteti talabalari termasining “SamDU-2”, Samarqand iqtisodiyot servis institutining “SamISI”, Samarqand davlat chet tillar institutining SamDChTI” hamda  Samarqand tibbiyot institutining “SamMI” jamoalaridir.

  

Talabalar Samarqand shahridagi “Olimpiya” nomli IBO`SM hamda BO`SM-2 maydonlarida kurash olib borishadi. Guruh o`yinlari 27 martdan 1 aprelga qadar davom etadi, 3 aprelda yarim final, 5 aprelda esa final uchrashuvi o`tkazilishi belgilangan.

 

Turnir g`olibi aprel oyining ikkinchi yarmida aynan Samarqandda tashkillashtiriladigan ikkinchi bosqichga yo`llanma oladi. Musobaqa qonun-qoidasiga muvofiq ikkinchi bosqich to`rt mintaqada tashkillashtiriladi – Namangan, Samarqand, Urganch va Toshkent shaharlarida. Samarqand mintaqasida mezbonlardan tashqari Qashqadaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari g`oliblari ishtirok etishadi.

 

Qolgan uch mintaqa qatnashchilari:

Namangan shahrida – Namangan, Andijon, Farg`ona viloyatlari;

Urganch shahrida – Xorazm, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi;

Toshkent shahrida – Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahar musobaqalari g`oliblari.  

 

 

“O`FA Kubogi” bahslari orqali talabalar o`z imkoniyatlarini chamalab olishlari bilan bir qatorda ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish ham ta`minlanmoqda. Qolaversa, musobaqa yoshlarni ma`naviy boy va jismonan sog`lom etib tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga sadoqat, o`ziga ishonch, sportga muhabbat tuyg`ularini uyg`otishga ham xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib