O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining taqvim rejasiga asosan Qarshi shahrida 14 yoshli qizlar o`rtasida futzal bo`yicha Respublika birinchiligi start oldi.
Musobaqa qonun-qoidasiga ko`ra, uning birinchi bosqichi tuman va shaharlarda o`tishi, g`oliblardan tuzilgan viloyat terma jamoalari Qarshida o`tadigan final bosqichiga yo`llanma olishi lozim edi. Qarshiga, O`FA taqvimida belgilangan musobaqaga ettita jamoa etib keldi va ikki guruhga bo`lingan holda musobaqaga kirishdi. Bular;
“A” guruhi – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari;
“V” guruhi – Qashqadaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlari vakillari.
Shahardagi “Geolog” sport majmuasida o`tkazilayotgan bahslarning birinchi kunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Sirdaryo – Qoraqalpog`iston – 0:2
Qashqadaryo – Jizzax – 8:3
Navoiy – Jizzax – 0:4
Xorazm – Andijon - -:+
Gap shundaki, xorazmliklarning Qarshi tomon safarga otlanganligi haqida ma`lumotlar bor, lekin futzalchilar uchrashuv belgilangan muddatga etib kelmaganliklari uchun ularga texnik mag`lubiyat, andijonliklarga esa texnik g`alaba yozilgan.
Musobaqalar ertaga davom etadi.