Jizzaxda avvaldan ayollar futboli va futzalga e`tibor yuqori bo`lgan. “Jizzax-ohak”, “Jizzax” futzal jamoalari ko`p yillar mamlakat chempionatida, O`zbekiston Kubogi o`yinlarida ishtirok etgan, hatto bosh sovringa da`vogarlik qilgan yillar ham bo`lgan. “Jizzax”, “Xumo” nomlari ostida harakat qilgan ayollar jamoalari ham muntazam oliy liga vakillari qatorida tilga olingan.
2017 yilning oxirlari, joriy yilning boshlarida, Superliga haqida gap-so`z boru, lekin hali unda kimlar ishtirok etishi so`roq ostida turgan mahalda “So`g`diyona” klubi qoshida ayollar va futzal jamoalari tashkil etilib, tayyorgarlikni boshlab yuborgandi. Qishning sovuq kunlariga qaramay, tayyorgarlik sport zallarda, ochiq maydonlarda olib borildi.
Ayollar futboli bo`yicha:
Jamoaning rasmiy nomi “So`g`diyona-Women”, 2018 yilning yanvar oyida tashkil topgan. Jamoa baza sifatida Jizzax aloqa kasb-xunar kollejidan foydalanadi. Viloyat hokmining qaroriga ko`ra, mazkur kollej yotoqxonasining 1-qavati futbolchi qizlarga ajratilgan, yashash va ovqatlanish, boshqa maishiy xizmatlari uchun sharoitlar etarli darajada ta`minlangan. Sport kiyimlari va jihozlaridan muammolar yshq. Chempionatda uy uchrashuvlarini “So`g`diyona” markaziy o`yingohida o`tkazadi. Jamoa klubga qarashli Issizi ND 60 avtobusidan foydalanadi.
Jamoa yangi mavsumga quyidagi tarkibda tayyorgarlik ko`rmoqda:
Bosh murabbiy Sherali Boboqulov 26.04.1984
Murabbiylar Shaxnoza Alimova 12.02.1986
Nodira Turonova 18.07.1985
O`yinchilar
Yuliya Lomakova 07.04.1999
Nozima Hasanova 15.04.1995
Shaxlo Qodirova 21.05.1993
Nasiba Xojieva 08.09.1993
Dilafruz Toshpo`latova 24.12.1995
Maxfuza Turopova 07.07.1989
Lutfiniso Hamidova 02.09.1996
Muxlisa Mardieva 09.11.2000
Parizod Eshqulova 19.02.1998
Zebiniso Xalimova 24.06.1998
Dilnoza Ziyotova 30.04.1989
Nafisa Nabiqulova 20.06.2000
Sohibjamol Rajabova 01.05.1997
Shaxzoda Fayzullaeva 18.02.1999
Maxliyo Narziqulova 19.11.2000
Nodira Iskandarova 04.02.2003
Sitora Takabaeva 08.08.2001
Albina Boboqulova 16.12.2002
Dinara Payziqulova 22.07.2001
Durdona Burxonova 21.01.1999
Tarkibning aksariyati mahalliy qizlardan iborat, qolaversa, Qashqadaryo viloyati va Bekobod shahridan uch nafardan, Surxondaryo viloyatidan ikki nafar hamda Guliston shahridan bir nafar o`yinchi taklif etilgan.
Jamoaning bu yilgi maqsadi shakllanish, kuchli oltilikka kirish, kelasi yildan esa kuchlilar qatoridan joy olishga urinish.
Futzal bo`yicha:
Jamoaning rasmiy nomi “So`g`diyona”. Ayollar jamoasi kabi futzal jamoasiga ham shu yilning yanvar oyida asos solingan. Futzalchilarning mashg`ulotlari ham, chempionat o`yinlari ham, hatto baza sifatida yashash va ovqatlanish maskani ham “So`g`diyona” majmuasi hisoblanadi. Chunki bu erda barcha sharoitlar yaratilgan. Futzalchilarga ham ayollar jamoasi kabi Issizi ND 60 avtobusi xizmat qiladi. Jamoaga alohida huddi shunday avtobus harid qilish uchun buyurtma berilgan. Sport kiyimlari va anjomlari bilan to`liq ta`minlangan.
Jamoa yangi mavsumda ishtirok etish uchun O`zPFLdan ro`yxatdan o`tib ham bo`ldi. Unga ko`ra, tarkib quyidagicha shakllangan:
Klub vitse-prezidenti Sirojiddin Ergashev 22.10.1975
Bosh murabbiy Oybek Abdurahmonov 03.11.1985
O`yinchilar
Oybek Akmalov 05.01.1994
Dilmurod Jumaev 01.02.1997
O`tkir Mamatov 02.07.1992
Farhod G`aniboev 26.09.1990
Diyor Islomov 24.03.1992
Otamurod Jumanov 19.02.1995
Eldor Meliev 22.07.1994
Sirojiddin Shokirov 19.06.1994
Baxtbek Xolbekov 17.06.1994
Shuhrat Suyarqulov 20.04.1995
Siroj Rustamov 12.04.1991
Jasur Abdulahimov 14.11.1996
Fayozjon Jo`raboev 28.09.1997
Botirbek Rizaev 15.01.1998
Elbek Imomnazarov 07.10.1990
O`razboy Norboev 07.01.2001
Elbek To`lqinov 24.12.2000
Futzalchilarning bari mahalliy yigitlardan iborat. Bu jamoa ham dastlabki yilda kuchli oltilikka kirishni ko`zlamoqda, kelasi yildan esa yanada yuqoriroq marralar maqsad qilinishiga umid bog`lashgan.