Ayollar futzali: “Sevinch” oltin, “Metallurg” kumush, “Lokomotiv” bronza jamoa

20.03.2018

Ayollar futzali: “Sevinch” oltin, “Metallurg” kumush, “Lokomotiv” bronza jamoa

 

Beshta jamoa ishtirok etgan, muddatidan oldin oltin va kumush medallar egasi ma`lum bo`lib ulgurgan, 14-bor o`tkazilgan ayollar o`rtasida futzal bo`yicha mamlakat chempionatining joriy yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

 

 

Qarshining “Sevinch” jamoasi yurtimizda ayollar futzaliga asos solingan 2005 yildan buyon biror mavsum yo`qki, bosh sovrinsiz qolgan bo`lsa. Vladislav Xan shogirdlari 14-marotaba oltin medallarga sazovor bo`lishdi. Kumush medal bilan Bekobodning “Metallurg”, bronza medali bilan esa Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi taqdirlandi.

 

An`anaga ko`ra, musobaqaning eng yaxshi o`yinchilariga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg`alari ham topshirildi. Mukofotlarga quyidiga futzalchilar loyiq ko`rildi:

Eng yosh futzalchi – Zuhra Tursunalieva (AGMK)

Darvozabon – Komila Yumangulova (“Lokomotiv”)

Himoyachi – Zumrad Nazarova (“Metallurg”)

Hujumchi – Umida Xotamova (“Paxtakor”)

To`purar – Maftuna Shoyimova (“Sevinch”, 28ta to`p).

 

O`zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G`ofurov barcha ishtirokchilarni bahor bayrami – Navro`zi olam hamda yaqinlashib kelayotgan ayollar futboli bo`yicha mamlakat chempionatining yangi mavsumi bilan qutlar ekan, g`olib va sovrindorlarga oltin, kumush va bronza medallarni taqdim etdi, yakunda esa futzal chempionatining bosh Kubogini “Sevinch” jamoasiga topshirdi...

 

20 mart

“Metallurg” – “Paxtakor” – 7:5

“Lokomotiv” – AGMK – 9:0

 

Chempionatning yakuniy jadvali:

1.”Sevinch”          12     12     0       0       145-7         36

2.”Metallurg”     12     9       0       3       119-28       27

3.”Lokomotiv”    12     5       0       7       61-63        15

4.”Paxtakor”       12     4       0       8       67-74         12

5.AGMK              12     0       0       12      9-229          0

 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib