O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tavsiyasiga binoan Toshkent shahar futbol federatsiyasi 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o`rtasida "Navro`z festivali"ni o`tkazishga kirishdi. Bundan ko`zlangan maqsad O`zbekiston o`smirlar terma jamoasini shakllantirish, uning tarkibiga iste`dodli futbolchilarni saralab-tanlab olishdan iborat.
Saralab olish mas`uliyati yaqin o`tmishning taniqli futbolchisi Azamat Abduraimov zimmasiga yuklatilgan. 16 yoshli o`smirlar termasini boshqarishga biriktirilgan Abduraimov boshchiligidagi selektsionerlar guruhi musobaqa davomida Toshkent, Qashqadaryo va Namangandagi iste`dodli futbolchilarning xatti-harakatlarini kuzatishadi, xulosa qilishadi.
O`zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilda shakllanadi, 2019 yili Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Agar saralashdan muvaffaqiyatli o`tsa 2020 yil Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Ushbu qit`a chempionatida yarim finalga qadar etib borgan o`smirlar terma jamoalariga esa 2021 yilda bo`lib o`tadigan U-17 Jahon chempionatida qatnashish yo`llanmasi beriladi.
Bugun O`FF sun`iy maydonida ikkita o`yin bo`lib o`tdi:
20 mart.
"Paxtakor" (Toshkent) - "Nasaf" (Qarshi) – 2:1
"Odil Junior" (Namangan) - "Lokomotiv" (Toshkent) – 1:1
22 mart.
"Odil Junior" - "Spartak"
"Bunyodkor" - "Nasaf"
24 mart.
"Paxtakor" - "Odil Junior"
"Lokomotiv" - "Nasaf"