Avval xabar berganimizdek, poytaxtning “Yoshlik” sport majmuasida ayollar futzali bo`yicha mamlakat chempionatining so`nggi – uchinchi tur o`yinlari o`tkazilmoqda.
Muddatidan avval chempionlikni hal etgan “Sevinch” va kumush medalni o`ziniki qilgan “Metallurg” jamoalari ertaga bo`ladigan so`nggi kungi o`yinlarni shunchaki, mashg`ulot sifatida o`tkazishi aniq. Olmaliqning AGMK jamoasi esa birorta ham ochko ishlay olmagan holda allaqachon turnir jadvalining eng quyi pog`onasidan joy olib ulgurdi. Muxlislar ertaga faqat bronza medal uchun kurashni kuzatishlari mumkin.
Aslida uchinchi o`rin egasi nazariy jihatdan aniqlanib bo`ldi. Bugun maydonga tushgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda durang natija “Paxtakor” a`zolarini qoniqtirar edi. Vaholanki, hal qiluvchi uchrashuvda “temiryo`lchilar”ga yutqazib qo`ydi.
Ayni paytda “Paxtakor” va “Lokomotiv”da ochkolar tenglashgan, biroq uch tur davomidagi o`zaro o`yinlarda “Lokomotiv” ikkita g`alaba qozongan, “Paxtakor”da esa yutuq bitta.
Ertaga o`tadigan so`nggi kunda nazariy jihatdan ikkala jamoa ham raqiblaridan ochko ololmasligi ravshan. Sababi, “Paxtakor” “Metallurg” bilan, “Lokomotiv” esa AGMK bilan kuch sinashadi. Garchi o`yinlarda qanday hisoblar qayd etilishini bashorat qilish mumkin bo`lsa-da, buni futbol deydilar, amalda har narsa bo`lishi mumkin...
3-tur
16 mart
“Sevinch” – “Paxtakor” – 10:2
“Metallurg” – AGMK – 28:2
17 mart
“Lokomotiv” – “Metallurg” – 0:8
AGMK – “Sevinch” – 0:24
18 mart
“Lokomotiv” – “Sevinch” – 0:6
“Paxtakor” – AGMK – 14:1
19 mart
“Lokomotiv” – “Paxtakor” – 7:5
“Metallurg” - “Sevinch” – 0:4
3-tur, 19 martdagi holat:
1.”Sevinch” 12 12 0 0 145-7 36
2.”Metallurg” 11 8 0 3 112-23 24
3.”Lokomotiv” 11 4 0 7 52-63 12
4.”Paxtakor” 11 4 0 7 62-67 12
5.AGMK 11 0 0 11 9-220 0
20 mart
“Metallurg” – “Paxtakor”
“Lokomotiv” – AGMK