Ayollar futzali: So`nggi tur o`yinlari boshlandi

16.03.2018

Ayollar futzali: So`nggi tur o`yinlari boshlandi

 

Uch turdan iborat ayollar futzal chempionatining uchinchi tur doirasidagi dastlabki kungi o`yinlar bo`lib o`tdi.

Atigi besh jamoa ishtirok etayotgan musobaqada birorta ham ochko yo`qotmagan Qarshining “Sevinch” jamoasi hamon peshqadamlik qilmoqda. Vladislav Xan shogirdlari bugun “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g`alaba qozondi.

Ikkinchi juftlikni “Metallurg” hamda AGMK jamoalari tashkil etishdi. Asosiy tarkibi bilan katta futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlki ko`rayotgan olmaliqliklar futzal musobaqasida asosan yosh qizlarini sinovdan o`tkazishni maqsad qilishgan. Shundan kelib chiqib, AGMK turnir autsayderi bo`lib turibdi – uchinchi tur o`tib boryaptiki, hali biron ochko ololgani yo`q. “Metallurg” uchala turda ham AGMKni o`ta yirik hisoblarda engishning uddasidan chiqishdi.  Birinchi turda javobsiz 27ta gol urgan bo`lsa, ikinchi turda gollari soni 18tada to`xtadi. Uchinchi turga kelib esa raqiblar ham “futzal o`ynashni” o`zlashtirgan ko`rinadi, bekoboliklar darvozasi tomon ikkita to`p kirita olishdi. Biroq o`z darvozalaridan 28ta to`p o`tkazib yuborishdi.

Mazkur turning qiziqarli uchrashuvi so`nggi kunda – 20 martda o`tkazilishi belgilangan. Musobaqa yopilishi oldidan maydonda “Sevinch” hamda “Metallurg” jamoalari o`zaro kuch sinashishadi.

 

 

3-tur. 16 mart

“Sevinch” – “Paxtakor” – 10:2

“Metallurg” – AGMK – 28:2

 

17 mart

“Lokomotiv” – “Metallurg”

AGMK – “Sevinch”

 

18 mart

“Lokomotiv” – “Sevinch”

“Paxtakor” – AGMK

 

19 mart

“Metallurg” – “Paxtakor”

“Lokomotiv” – AGMK

 

20 mart

“Lokomotiv” – “Paxtakor”

 

“Metallurg” - “Sevinch”

cola
apex
mib
mib
mib
mib