Ayollar futzali: 2-tur o`yinlari yakunlandi – “Sevinch” hamon peshqadam

07.03.2018

Ayollar futzali: 2-tur o`yinlari yakunlandi – “Sevinch” hamon peshqadam

 

Bugun, poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida o`tayotgan ayollar futzali bo`yicha mamlakat chempionatining ikkinchi tur o`yinlari nihoyasiga etdi.

 

Ikki tur yakunlariga ko`ra birorta ham ochko yo`qotmagan Qarshining “Sevinch” jamoasi musobaqaning yakka peshqadami bo`lib turibdi. Ikkinchi o`rinda borayotgan “Metallurg” jamoasi esa qarshiliklardan olti ochko ortda qolmoqda.

 

Birinchi va ikkinchi o`rinlar egalari deyarli ma`lum bo`lib ulgurdi, biroq uchinchi o`rin uchun o`yinlar qizg`in kechishi kutilmoqda. Sababi, “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalarida vaziyat bir xil – 9 ochkodan. Futzal, umuman, futbol bo`yicha mahorat bobida hali shakllanib ulgurmagan AGMK jamoasi birorta ham ochko to`play olganicha yo`q.

 

 

To`purarlar bahsida ham qiziqarli holat ko`zga tashlanmoqda. Bu boradagi dastlabki uchlik ham aynan “Sevinch” qizlariga tegishli – Shoimova, Burxonova, Amirova...

   

7 mart

“Metallurg” – “Paxtakor” – 7:2

“Lokomotiv” – AGMK – 16:3

2-turdan keyingi vaziyat:

1.”Sevinch”          8       8       0       0       101-5               24

2.”Metallurg”     8       6       0       2      76-17                18

3.”Lokomotiv”    8       3       0       5       45-44                9

4.”Paxtakor”      8       3       0       5       41-49                 9

5.AGMK              8       0       0       8       6-154                 0

 

 

To`purarlar:

Maftuna Shoimova (“Sevinch”)       - 19

Malika Burxonova (“Sevinch”)       - 15

Gulzoda Amirova (“Sevinch”          - 15

Dildora Ergasheva (“Lokomotiv”) - 15

 

Chempionatning 3-tur o`yinlari 16-20 mart kunlariga belgilangan.

 

 `

cola
apex
mib
mib
mib
mib