"Iftixor" - Muruvvat uyiga tashrif buyurdi

07.03.2018

 

Xalqizimizda savobli ishni har kim va har kuni qilish kerak, degan maqol bor. Mana shu aqidaga amal qilgan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Iftixor” jamoasi xayrli ishga qo`l urdi.

O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi  va  “Iftixor” futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan jamoa a`zolari Farg`ona shahridagi  “Muruvvat uyi”ga tashrif buyurib, xayriya aktsiyasini o`tkazishdi.

Futbolchilar “Muruvvat nogironli bo`lgan bolalar uchun internat”ga kelgan paytda bolalar uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlangan kontsert dasturi bo`layotgan edi. Futbolchilarning tashrifi esa qalbi o`ksik bolalarga yanada quvonch baxsh etdi.

O`ziga xos tadbirni O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi sport bo`limi mudiri Umid Rajabov  ochib berdi.

Shundan keyin “Iftixor” futbol klubi rahbari Ahrorjon Ergashev so`zga chiqib, kelayotgan bahor bayramlari bilan barchani tabriklab, jamoa har doim mehrga muxtoj bolalarni qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta`kiladi. Pro-ligada munosib ishtirok etishni ko`zlayotgan “Iftixor” jamoasining maqsadlari ulkan ekanligini aytar ekan, klub rahbari aynan mana shu bolalar uchun jamoa chempionlikni qo`lga kiritishiga va`da berdi.  

Tadbir yakunida ushbu muassasada tarbiya topayotgan bolalarga futbolchilar tomonidan klub sovg`alari taqdim etildi.

Tadbir so`ngida “Muruvvat uyi” rahbariyati sportchilarga tashriflari uchun o`z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

 

 

Klub matbuot xizmati

cola
apex
mib
mib
mib
mib