Poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida ayollar o`rtasida futzal bo`yicha mamlakat chempionatining ikkinchi tur o`yinlari davom etmoqda. Chempionlikka asosiy da`vogar ikki klub – “Sevinch” va “Metallurg”ning ikkinchi o`yinida ham qarshiliklar muvaffaqiyat qozonishdi. “Sevinch”ning sobiq a`zolari jam bo`lgan “Metallurg”ning asosiy tarkibi ham, ikkinchi to`rtligi ham qarshiliklar oldida “ip esholmadi”. O`zaro ikki o`yin natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki, “Sevinch” navbatdagi chempionlikni deyarli hal etib qo`ydi.
Olmaliqning AGMK jamoasi esa boshqalarga gollari sonini ko`paytirish imkonini beryapti. Jamoaning asosiy tarkibi katta futbol mavsumiga tayyorgarlik ko`rayotgan bo`lsa, futzal chempionatda klubning asosan yoshlar tarkibi ishtirok etyapti. Futzalda hali tajriba orttirib ulgurmagan yosh qizlar esa “opalari” qarshiligini qaytara olishmadi.
Ertaga chempionat ikki nchi turining so`nggi kun uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
O`yinlar natijasi:
3 mart
“Sevinch” – “Paxtakor” – 16:0
“Metallurg” – AGMK – 27:0
4 mart
“Lokomotiv” – “Metallurg” – 3:10
AGMK – “Sevinch” – 0:26
5 mart
“Lokomotiv” – “Sevinch” – 0:12
“Paxtakor” – AGMK – 17:0
6 mart
“Metallurg” – “Sevinch” – 1:3
“Lokomotiv” – “Paxtakor” – 4:2
7 mart
“Metallurg” – “Paxtakor”
“Lokomotiv” - AGMK